Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Buxoro davlat universitetiga Janubiy Ko | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Buxoro davlat universitetiga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasi Yeungnam universiteti prezidenti Dr. Choi Oe-chool boshchiligidagi Dr. Han Dong Geun, Dr. Lee Won Young, Mr. Hong Ki Hyunlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

BuxDU rektori Obidjon Xamidov bilan bo`lgan samimiy uchrashuvda ikki tomon o`z universitetlarini taqdimot vositasida tanishtirishdi. Ikki o`rtada talabalar va professor o`qituvchilar akademik almashinuvi, xalqaro grant loyihalarda o`zaro ishtirok etish, Ilmiy stajirovkalar tashkil qilish, Scopus va Web of science bazalarida indekslanadigan jurnallarda maqolalar chop etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yeungnam universiteti prezidenti Dr. Choi Oe-chool hamkorlik uchun aynan Buxoro davlat universitetini tanlagani, Buxoro tarixining go`zalligi, qiziqarliligi uni jalb qilganini mamnuniyat bilan bildirdi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube