Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Buxoro viloyatida turizm sohasini rivo | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish hamda viloyatning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan BuxDU rektori Obidjon Xamidov yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda turizm sohasida yangi tashabbuslar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish va yuqori martabali mehmonlar, davlat rahbarlariga taqdim etish uchun 3 kunlik marshrutni ishlab chiqish masalasi ko`rib chiqildi.
Ochiq osmon ostidagi muzeylarni tayyorlash maqsadida Axsikent loyihasini o‘rganish hamda Mag‘oki Attor, Shaxriston, Varaxsha, Poykent, Sardobalar, hammom va karvonsaroy qoldiqlari, Vardonze madaniy meros ob’yektlari bo‘yicha taklif tayyorlash topshirig`i berildi.
______________
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube