Get Mystery Box with random crypto!

#Tabriklaymiz Sayliyeva Zarina Raxmiddinovna filologiya fanla | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz

Sayliyeva Zarina Raxmiddinovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Sayliyeva
Zarina Raxmiddinovna 2023-yil 5-iyul kuni Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09. raqamli Ilmiy kengashda “Navoiyshunoslikda tasavvuf va badiiyat muammolari tadqiqi (Ibrohim Haqqul ijodi misolida)” mavzusida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo`yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Universitet jamoasi nomidan Sayliyeva Zarina Raxmiddinovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.