Get Mystery Box with random crypto!

#E’LON Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fiz | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#E’LON

Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasini o‘tkazish vaqti va joylari belgilandi.

Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalar o‘rtasida 2023-yil 20-iyun kuni o‘tkaziladi. Imtihonlar soat 10:00 da boshlanadi.

Olimpiada o‘tkaziladigan joylar:

Kimyo va Biologiya fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;
Fizika fani bo‘yicha – Samarqand davlat universiteti;
Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha - Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish Nizomga muvofiq olimpiada o‘tkazish kunidan ikki kun oldin, ya’ni 2023-yil 17-iyun kuni soat 00:00 da to‘xtatiladi.

Eslatma: Olimpiada bo‘yicha ma’lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube