Get Mystery Box with random crypto!

#sayyor_qabul Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibroh | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bugun aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish hamda ularni bartaraf etish maqsadida Buxoroda bo‘ldi. Safar davomida jumladan:

Buxoro davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi;

universitet hududida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi, 2 700 o‘rinli o‘quv binosi, quyosh energiyasi va fizika ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari binosi, zamonaviy axborot-resurs markazida amalga oshirilayotgan qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi;

Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolardagi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Sayyor qabul jarayonidan fotogaleriya

Bizning rasmiy sahifalarimiz
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube