Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Ma’lumot o`rnida aytish joizki, Yeungn | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Ma’lumot o`rnida aytish joizki, Yeungnam universiteti Janubiy Koreyaning Shimoliy Gyeongsang, Kyonsan shahrida joylashgan xususiy tadqiqot universitetidir. Universitetning o'tmishdoshlari Taegu kolleji va Chunggu kolleji Tegu shahrida 1947 va 1950-yillarda tashkil etilgan. 1967- yilda ikki kollej prezident Pak Chung Xi tomonidan birlashtirilib, Yeungnam universiteti tashkil etilgan. Bugungi kunda QS xalqaro universitetlar reytingida 801-1000 o‘rinda turadi. Ushbu universitet San'at, Fan, Muhandislik, Huquq, Siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi, Savdo va iqtisodiyot, Tibbiyot, Farmatsevtika, Tabiiy resurslar, Inson ekologiyasi va kinesiologiya, Ta'lim, Musiqa kabi bir qator kollejlarni hamda To'qimachilik, Biotexnologiya, Xitoy tili va madaniyati, Arxitektura kabi maktablarni o`z ichiga olgan.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube