Get Mystery Box with random crypto!

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU B
Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU
Kanal manzili: @buxdu_uz
Toifalar: Taʼlim , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.10K
Kanalning ta’rifi

• Buxoro davlat universiteti
• Бухарский государственный университет
• Bukhara state university
@buxdurektorgamurojaatbot
@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
998 65 221-29-14

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2023-04-20 16:54:11
#BuxDU_yangiliklari

Bugun Buxoro davlat universitetida iqtidorli talabalarning oltin fondi tanlovi natijalariga ko'ra g'olib deb topilgan 103 nafar " Iqtidorli talabalar oltin fondi a'zo" lariga a'zolik guvohnomalari hamda ko'krak nishonlari universitet rahbariyati tomonidan topshirildi.

Ushbu fond O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli davlat stipendiyalari, rektor stipendiyasi sovrindorlari hamda turli fan olimpiada g'oliblari, Xalqaro hamda Respublika tanlovlari g'oliblari, sport musobaqalari sovrindorlari va tashabbuskor, iqtidorli talabalardan tarkib topgan.


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube
3.2K views13:54
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:56:08
#BuxDU_yangiliklari

Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar, Tarix va yuridik, Xorijiy tillar fakultetlari va Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish” mavzusida talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi.

Unda Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta inspektori, podpolkovnik N.Abzalova, Buxoro viloyati ichki ishlar terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi podpolkovnik X.Saidov, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta mutaxassisi leytenant H.Hayitova, BuxDU profilaktika inspektori Sh.Qurbonovlar talabalarga huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, diniy ekstremizm, kibr jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube
2.9K views11:56
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:06:43
#BuxDU_rektori

RAMAZON HAYITI MUNOSABATI BILAN BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI O.X.XAMIDOVNING TABRIGI

Batafsil:


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube
3.1K viewsedited  11:06
Ochish/sharhlash
2023-04-20 13:46:28 https://telegra.ph/NAUCHNOE-SOTRUDNICHESTVO-V-RAMKAH-VZAIMOVYGODNOGO-PARTNERSTVA-04-20
2.4K views10:46
Ochish/sharhlash
2023-04-20 11:52:43
Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 4 kun dam oladi

Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Unga ko‘ra Ramazon hayiti 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 22–24-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 4 kun dam olishadi:

21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;

22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);

23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;

24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

O‘quv jarayonlari joriy yil 25-aprel, seshanbadan boshlanadi.



В честь Рамазан-Хайита в высших и профессиональных образовательных учреждениях, а также лицеях отдохнут 4 дня

Согласно Указу Президента установлены дополнительные выходные в честь Рамазан-Хайита.

Так, Рамазан-Хайит будет отмечаться 21 апреля – в пятницу. С 22 по 24 апреля, независимо от продолжительности рабочей недели, профессорско-преподавательский состав, руководители и студенты, работающие в высших, профессиональных образовательных учреждениях и академических лицеях, будут отдыхать 4 дня подряд:

21 апреля (пятница) – Праздник Рамазан-Хайит;

22 апреля (суббота) – выходной (в том числе, и для тех, у кого 6-дневная рабочая неделя);

23 апреля (воскресенье) – выходной;

24 апреля (понедельник) – дополнительный выходной день, независимо от видов рабочей недели.

Учебный процесс начнется во вторник, 25 апреля.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.4K views08:52
Ochish/sharhlash
2023-04-20 09:09:39
#taziya

TA’ZIYA BILDIRAMIZ

Hurmatli ustoz, Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi professori, Pedagogika fanlari nomzodi, O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi Bahrom Madrimov vafot etganliklari munosabati bilan taʼziya izhor etamiz.

Ortlarida qolgan barcha yaqinlariga sabr va sabrlariga ulkan ajrlar ato qilsin! «Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’un».
19.4K viewsedited  06:09
Ochish/sharhlash
2023-04-20 07:08:13
#BuxDU_yangiliklari

Joriy yilning 19-aprelida Buxoro davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'.Jumayev, Sirtqi (maxsus sirtqi) va masofaviy ta'lim bo'limi boshlig'i I.U.Shadmanov, Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri O.I.Jalolov hamda O'quv-uslubiy departament ofis registrator va talabalar bilan ishlash sektori bosh mutaxassisi M.N.Sharopovlar Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida joylashgan Ural federal universitetida bo`lishdi. Tashrif mobaynida Ural federal universiteti xodimlari faoliyatining asosiy samaradorlik ko'rsatgichlari (KPI) mezonlari, talabalarning bilimini baholash tizimi hamda "Raqamli universititet" loyihasi boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdilar.

@buxdu_uz
820 views04:08
Ochish/sharhlash
2023-04-19 19:04:44
Buxoro viloyati oliy ta‘lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Kitobxon talaba” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 19-aprel kuni universitet Axborot resurs markazida talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon talaba” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda OTM bosqichida birinchi o‘rinni egallagan talabalar ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar:

Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra quyidagi o‘rinlar belgilandi:

1-o'rinni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Xudoyberdieva Maxliyo

2-o'rinni Buxoro davlat Pedagogika instituti O‘zbek tili adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Hasanova Solihabonu

3-o'rinni Buxoro muxandislik texnologiya instituti Energetika fakulteti 3-bosqich talabasi To‘ymurodov Alisher

Tanlovning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan #Buxoro_davlat_universiteti Filologiya fakulteti 6-1uzb-21 guruhi talabasi Xudoyberdieva Maxliyo tanlovning keyingi mintaqaviy bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

@buxdu_uz
3.0K views16:04
Ochish/sharhlash
2023-04-19 18:46:50
#BuxDU_yangiliklari

Universitet rektori boshchiligida tuzilgan ishchi guruhi bugun tasdiqlangan jadval asosida 70230201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) mutaxassisligi magistrlarining dastlabki himoyasini o'tkazishdi.   Himoya jarayonida har bir magistrga 5-7 daqiqa vaqt berilib, so'ng magistrlik dissertatsiya ishi yuzasida savollar berildi, kamchiliklar ishchi guruhi a'zolari tomonidan ko'rsatib o'tilib, tegishli tavsiyalar berildi.  Universitet rektori O.X. Xamidov dastlabki himoyadan o'tgan magistrlarni tabriklab, ikki yil o'qish mobaynida xorijiy tilni bilish darajasi bo'yicha C1 sertifikatini qo'lga kiritgan magistrlarning ota-onalariga tashakkurnoma berilishi bo'yicha ko'rsatma berdilar.


@buxdu_uz
2.7K views15:46
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:44:40
#BuxDU_OAVda

Buxoro davlat universitetining viloyatdagi umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman(shahar)-viloyat-oliy ta’lim muassasasi) MATEMATIKA, FIZIKA, INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI, KIMYO, BIOLOGIYA fan olimpiadalaridan test sinovlari o'tkazildi.


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube
2.6K views13:44
Ochish/sharhlash