Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
Расман
Хайрли
Фойдали
Тезкор
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.69M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 530

2022-04-29 19:49:15
Afgʻonistonda yana kuchli portlash sodir boʻldi.

Afg‘onistonning Qobul shahrida joylashgan “Xalifa Sohib” masjidida namoz vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda.

@BugungiGap
10.4K views16:49
Ochish/sharhlash
2022-04-29 19:29:03
Andijonda toʻylarda “Andijon polkasi” aytiladi.

Senator Tolibjon Madumarov, Andijonda toʻylarda yor-yor aytishdan oldin “Andijon polkasi” aytiladi dedi. Oldinroq Andijon viloyati hokimi haqiqiy andijonliklar har kuni “Andijon polkasi”ga raqsga tushishi kerak degan edi.

@BugungiGap
10.8K views16:29
Ochish/sharhlash
2022-04-29 18:36:29
O‘zbekistonda ertaga rasman banklarda ish kuni.

Hukumatning tegishli qaroriga binoan, 30-aprel shanba kuni banklarda ish kuni deb belgilandi. Qarorni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov imzoladi.

@BugungiGap
12.2K views15:36
Ochish/sharhlash
2022-04-29 18:04:34
Polsha Ukrainaga 200 dan ortiq T-72 tanklarini yetkazib berdi.

Polsha hukumati Rossiya qoʻshinlariga qarshi kurashish uchun Ukraina armiyasiga 200 dan ortiq T-72 tanklari va bir necha o‘nlab piyoda askarlarning zirhli jangovar mashinalarini yetkazib berdi.

@BugungiGap
12.2K viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:52:10
“Dekret” to‘lovlarining bir qismini davlat to‘lab beradi.

2022-yil 1-sentabrdan boshlab homiladorlik nafaqasi (dekrek) to‘lovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etiladi. Buning uchun Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilib, unga joriy yilda davlat budjetidan 170 mlrd so‘m ajratiladi.

@BugungiGap
12.9K viewsedited  13:52
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:40:08
Istanbulda kuchli portlash sodir boʻldi.

Turkiyaning Istanbul shahridagi sanoat hududida yongʻin va kuchli portlash sodir boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida 3 kishi halok boʻlgan, yana 9 kishi jarohatlangan.

@BugungiGap
12.7K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:30:14
Rossiya Ukrainaga suv osti kemasidan zarba berdi.

Rossiya dengiz floti Ukraina harbiy obyektlariga zarba berish uchun Qora dengizdagi suv osti kemasidan foydalangani tasvirlangan video lavha taqdim etildi.

@BugungiGap
12.3K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:23:02
Erdoʻgʻan Umra ziyoratini amalga oshirdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan tashrifi davomida Umra ziyoratini amalga oshirdi.

@BugungiGap
12.3K views13:23
Ochish/sharhlash
2022-04-29 15:22:27
Ramazon hayiti arafasida 65 nafar fuqaro avf etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida adashib jinoyatga qo‘l urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi.

@BugungiGap
12.6K views12:22
Ochish/sharhlash
2022-04-29 15:01:53
“Oʻzbekiston ham Ittifoq davlatiga qoʻshiladi”, – Lukashenko.

Aleksandr Lukashenko “Rossiya va Belarus Ittifoq davlatiga kelgusida sobiq SSSR tarkibiga kirgan boshqa respublikalar, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston ham iqtisodiy zaruriyatdan kelib chiqib, qo‘shiladi. Armanistonning ham boradigan joyi yo‘q”, – deya taʼkidladi.

@BugungiGap
13.1K views12:01
Ochish/sharhlash