Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Тезкор
آنا
Даҳшат
Фойдали
Diqqat
Тарқатинг
Хушхабар
Долзарб
Хайрли
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.06M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 517

2022-04-25 12:26:36 Tezkor xabar: Davlat Test Markazi Oliy taʼlim muassasalariga kirishda topshiriladigan fanlar majmuasini tasdiqladi.

@BugungiGap
14.3K viewsedited  09:26
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:11:44
Tarixda birinchi bor yillik harbiy harakatlar 2 trillion dollardan oshdi.

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, tarixda birinchi marta umumiy yillik harbiy xarajatlar 2,1 trillion dollarga yetdi. 2021-yilda eng koʻp harbiy xarajatlarga ega boʻlgan 5 davlat:
1) AQSh – 801 milliard dollar;
2) Xitoy – 293 milliard dollar;
3) Hindiston – 76.6 milliard dollar;
4) Buyuk Britaniya – 68.4 milliard dollar;
5) Rossiya – 65.9 milliard dollar.

@BugungiGap
13.7K views09:11
Ochish/sharhlash
2022-04-25 10:54:19
Poliklinikalar ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytiriladi.

Prezident qaroriga binoan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytiriladi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun 1-iyundan boshlab qo‘shimcha ustama haqi belgilanadi.

@BugungiGap
14.9K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2022-04-25 09:31:47
AQShda oʻzini Bayden deb tanishtirgan fermer ushlandi.

Texas shtatida oʻzini AQSh prezidenti Jo Bayden deb tanishtirib, meksikalik migrantlarni tekinga ishlatgan fermer hibsga olindi.

@BugungiGap
15.0K views06:31
Ochish/sharhlash
2022-04-25 08:03:01
Qozog‘istonda suv toshqinlari kuzatilmoqda.

Qozogʻistonning Oʻzbekiston bilan chegarada joylashgan Turkiston viloyatida kuchli yogʻingarchilikdan soʻng suv toshqinlari kuzatilmoqda. Toshqin hududlaridan 50 kishi evakuatsiya qilingan.

@BugungiGap
15.4K views05:03
Ochish/sharhlash
2022-04-25 08:03:01
Oziq-ovqat xavfsizligi reytingida Oʻzbekistonning o‘rni ma’lum bo‘ldi.

Economist Intelligence Unit tahlil agentligi Global oziq-ovqat indeksining 2021-yilgi natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar qildi. Mazkur reytingda O‘zbekiston 2 pogʻonaga koʻtarilib 2021-yilda 113 ta mamlakat orasida 78-o‘rinni egallagan.

@BugungiGap
14.6K views05:03
Ochish/sharhlash
2022-04-24 19:31:43
Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga sovgʻa yoʻlladi.

Ramazon hayiti arafasida Checheniston Respublikasida bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning tabriklari va “Poi Kalon ansambli” kartinasini topshirdi. Bu haqda Chechiniston rahbari o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

@BugungiGap
10.7K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-04-24 18:00:59
“Raqobat nima u? Bizda mashina odam uchun emas, odam mashina uchun ishlaydi”

UzAuto Motors monopoliyasi haqida Million jamoasining yangi konsert dasturidan qisqa parcha.

@BugungiGap
14.2K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-04-24 18:00:48
Lvovdagi qurol-yaroq omboriga zarba berildi.

NATO qurollari olib kelingan Ukrainaning Lvov shahridagi yirik logistika markaziga ketma-ket 2 ta “Kalibr” raketasi kelib tushdi.

@BugungiGap
11.8K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-04-24 16:42:33
Magistraturaga kirishda mutaxassislik fanlaridan imtihon bekor qilinishi mumkin.

“Joriy yilda magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibini ko‘rib chiqyapmiz. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha balli hisobga olinadi. Hozirda ushbu taklif o‘rganilyapti” – Oliy taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov.

@BugungiGap
12.6K views13:42
Ochish/sharhlash