Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! Maktabgacha va maktab | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Ushbu muqaddas kunlarda Vatanimiz ravnaqi uchun salohiyatli barkamol avlodni kamol toptirish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha ishlarimizda omad va zafarlar yor bo‘lishini, iqtidorli, serg'ayrat o'quvchi-yoshlarimiz ko'payaverishini niyat qilib qolamiz!

Barcha xonadonda ezgulik, mehr-oqibat va osoyishtalik hukmron boʻlsin. Kelgusi Ramazon oyiga bagʻri butunlikda, sogʻ-salomatlikda yetishishlik nasib qilsin.

Har doim ezgu amallar hamrohingiz boʻlsin. Musaffo osmonimizga, yurtimiz tinchligiga koʻz tegmasin!

Yana bir bor Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Hurmat va ehtirom bilan,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi!


Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE