Kanal manzili:
Toifalar:
Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
91.62K
Kanalning ta’rifi
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
0
4 stars
2
3 stars
0
2 stars
1
1 stars
0
Oxirgi xabar 13
2024-02-29 19:59:13
Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
2024-yil
3-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan
biologiya hamda
qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan
milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani
my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar
qachon,
qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan
belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida
13:30 dan boshlab
(test sinovi 15:00 da) kiritiladi.
Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.4K views16:59
2024-02-29 12:44:38
Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
mart oyida bo‘lib o‘tadigan
test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
test sinovining
yozma qismi —
3-mart kuni;
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari —
4-7- va
11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini
my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida
bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.0K views09:44
2024-02-28 15:14:55
Turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinadi 2024-yil
27-fevral kuni Bilimni baholash agentligida Turkiyaning
Istanbul Okan universiteti (İstanbul Okan Üniversitesi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mobaynida
baholash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
seminar-treninglar tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni asosida beriladigan
turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinishiga kelishildi.
Ma’lumot uchun:
Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan milliy sertifikat 2023-yildan Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olingan. Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
41.0K views12:14
2024-02-24 19:03:32
2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
2024-yil
fevral-may oylarida
ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot,
fizika,
matematika,
kimyo,
biologiya,
tarix va
geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish
my.gov.uz sayti
(Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari qaysi
fanlardan o‘tkazilishi,
ro‘yxatga olish muddatlari va
test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891
Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil
fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari
Rash modeli asosida hisoblanadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
61.4K views16:03
2024-02-23 17:03:25
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 29-fevral va 1-mart kunlari o‘tkaziladi
2024-yil
29-fevral va
1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi
hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan
talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan
fanlar va
test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin
(my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etiladi.
Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-02-23
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
@NostrifikatsiyaBBA
21.7K views14:03
2024-02-23 16:14:20
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda Bilimni baholash agentligi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan
iTEP imtihoni uchun talabgorlar
onlayn ro‘yxatga olinmoqda.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish Agentlikning
my.uzbmb.uz sayti
orqali amalga oshirilmoqda: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52
Imtihonlar
29-fevral kuni
Bilimni baholash agentligi binosida
(mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.
iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan
xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.
Mazkur sertifikatga ega talabgorlar
PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@bba_ilmiy_markaz
(95) 515-68-68Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
28.6K views13:14
2024-02-22 12:30:00
Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar
o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishmoqda va
test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda.
Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/service/10
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.4K views09:30
2024-02-20 11:32:01
Milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Biologiya hamda
qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan
milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshirilmoqda.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish
25-fevral kuniga qadar, to‘lovni amalga oshirish esa
26-fevral kuniga qadar
(shu kunlari ham) davom etadi.
Test sinovi
2-3-mart kunlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/891
Izoh: imtihon
natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
76.3K views08:32
2024-02-19 11:38:13
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
2024-yil
17-18-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining
yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda jami
14,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va
20 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari
19-fevraldan
1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
56.0K views08:38
2024-02-17 09:15:17
2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
2024-yil
fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra
mart oyida
ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari
2 marotaba tashkil etiladi.
Shuningdek,
fevral va
aprel oylarida
nemis tilidan,
mart va
may oylarida
arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.
Test sinovlari qaysi
tillardan o‘tkazilishi,
ro‘yxatga olish muddatlari va
test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
Izoh:
hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
38.5K views06:15