Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi Chet tilini bilis | Bilimni baholash agentligi

Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 17-18-fevral kunlari;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube