Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamk | Bilimni baholash agentligi

#Xalqaro_hamkorlik

Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlik kengaytirilmoqda


Hozirda Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Buyuk Britaniyada joylashgan Cambridge Assessment tashkilotida bo‘lib turibdi.

Uchrashuvning dastlabki kunida har ikki tomon taqdimot qilib, o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

So‘ngra baholash sohasiga sun’iy intellektni joriy etish, test sinovlarini onlayn shaklda o‘tkazish, test topshiriqlarini shakllantirish, ekspertlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi hamda Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tilini bilish darajasini baholash imtihonlarini Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Kun yakunida Bilimni baholash agentligi va Cambridge Assessment tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube