Get Mystery Box with random crypto!

TALIS 2024 asosiy so'rovnoma jarayonlariga tayyorgarlik ko'ris | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

TALIS 2024 asosiy so'rovnoma jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vebinar-trening o'tkazildi!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida 2024-yil 1-mart kuni TALIS 2024 asosiy so‘rovnomasida "Maktab koordinatorlarining vazifalari" to‘g‘risida vebinar-trening tashkil etildi.

TALIS 2024 tadqiqoti uchun tasodifiylik asosida 14 ta hududlardan jami 210 ta maktablar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tanlangan bo'lib, joriy yilning 5-31- mart kunlari taxminan 4200 nafar o‘qituvchilar asosiy so'rovnoma jarayonlarida ishtirok etadilar.

Ma'lumot o'rnida:
TALIS
(Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.

Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etish.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram