Get Mystery Box with random crypto!

MENEJERLIK O‘QUV KURSLARIGA START BERILDI Bugun Maktabgacha | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

MENEJERLIK O‘QUV KURSLARIGA START BERILDI

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent xalqaro Universitetida "Menejerlik o‘quv kurslari"ning boshlanishi doirasida ochilish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri Hilola Umarova, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov, vazirlik mutasaddilari, o‘quv jarayonlariga jalb etilgan nomzodlar va trenerlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan vazir Hilola Umarova ushbu o‘quv dasturlarining ahamiyati, uning soha rivoji hamda maktablar faoliyatini yana-da rivojlantirish borasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov ushbu kursning maqsadi va mazmuniga to‘xtalib, zamonaviy rahbarlarning nafaqat bilim darajasi, ularning jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan ishlash ko‘nikmasi yuqori bo‘lishi lozimligini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quv kurslarining dastlabki bosqichi tajriba-sinov tariqasida 2023-yilning 5-27-iyun kunlari A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida o‘tkazildi hamda belgilangan o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan 50 nafar bitiruvchilarga menejerlik sertifikati berildi.

Joriy yilning 17-19-yanvar kunlari menejerlik o‘quv kurslarida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan trenerlar uchun seminar treninglar ham tashkil etildi.

Bugun, 1-fevraldan poytaxtimizda joylashgan Toshkent xalqaro universiteti o‘quv binosida umumta‘lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlaydigan menejerlik o‘quv kurslariga start berildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram