Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat! MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul davom etmoqda! O‘zbe | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Diqqat!

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul davom etmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq mustaqil izlanuvchilikka qabul eʼlon qilinadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul 2024-yil 15-yanvardan boshlandi.

Milliy-tadqiqot institutida 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.07-Taʼlimda menjement ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatda ishtirok etish uchun hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi.

Qabul joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar davom etadi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram