Get Mystery Box with random crypto!

Osiyoni jazirama toʻlqini qamrab oldi Xitoy ommaviy axborot v | Amalda.uz

Osiyoni jazirama toʻlqini qamrab oldi

Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Yanszi daryosi deltasining koʻplab provinsiyalarida aprel oyi uchun rekord harorat kuzatilmoqda. Pekinda 20 darajadan yuqori harorat — bu ham aprel rekordi hisoblanadi.

Hindistonda issiqlik toʻlqini tufayli bir qancha shtatlarda maktablar yopildi. Termometrlar 44 darajaga koʻtariladi.

Laosning turli hududlarida harorat 41,5 dan 43 darajagacha yetgan. Bu aprel oyida qayd etilgan mamlakat tarixidagi eng yuqorisi hisoblanadi.

Tailandda suv sepuvchi moslamalar allaqachon talash boʻlib sotilmoqda. Osiyodagi eng kuchli jazirama bu yerda qayd etilgan. Mamlakat shimoli-gʻarbidagi Taki aeroportida termometrlar 45,5 darajani koʻrsatdi. Qirollik sogʻliqni saqlash departamenti aholini issiqlik urishi xavfidan ogohlantirdi. Ob-havo anomaliyalari Bangladesh va Yaponiyada ham qayd etilgan. Sinoptiklar may oyida mintaqa aholisini nima kutayotganini aniqlashga harakat qilmoqda.


Amalda.uz Telegram kanali