Get Mystery Box with random crypto!

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport | Amalda.uz

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Yana ikki nafar fuqaro ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, shu yilning 22-aprel kuni soat 08:00 larda haydovchi 1998-yilda tugʻilgan A.T. Gentra avtomashinasini shaharning Turkiston-Poʻstindoʻz koʻchalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan vaqtida 1972-yilda tugʻilgan B.X. boshqaruvidagi Mersedes-benz rusumli avtomashina 2-darajali yoʻldan chiqib kelishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.

Oqibatda Mersedes-benz avtomashinasida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchi ogʻir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Haydovchilar A.T. va B.X. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
.