Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz

Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz
Toifalar: Interyer
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
⏳ Biz bilan vaqtingizni tejaysiz!
Murojaatlar 👉 @Amaldauzga_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 13

2023-04-20 07:15:11
Shavkat Mirziyoyev Ramazon Hayiti munosabati bilan 300 dan ortiq mahkumni avf etadi

Shavkat Mirziyev Ramazon Hayiti munosabati bilan 2018-yil 8-may qabul qilingan 5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” farmoniga koʻra 300 dan ortiq mahkumni avf qiladi. Bu haqda Bugun.uzʻga hukumatdagi manbalari maʼlum qildi.

Avf etiladiganlar orasida chet el fuqarolari ham bor.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistonda 2016—2022-yillarda 5 967 nafar shaxs afv etilgan

Amalda.uz Telegram kanali
3.3K views04:15
Ochish/sharhlash
2023-04-20 06:40:11
Qirgʻizistonda lotin yozuviga oʻtish boʻyicha bir nechta variant koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda “24.kg“ xabar berdi.

“Qirgʻiziston kirill alifbosidan foydalanadigan yagona turkiy tilli davlat. Agar Jogorku Kenesh (parlament), hokimiyat qaror qabul qilsa, keyin olimlar va ziyolilar lotin yozuviga oʻtishga tayyor. Bizda bir nechta variantlar bor”, deydi u.

Osmonaliyev 1993-yilda Qirgʻizistonning oʻsha paytdagi Bosh vaziri Abdigani Erkabayev 1993-yilda Turkiy tilli davlatlar sammitida lotin grafikasiga oʻtish boʻyicha memorandumni imzolaganini, biroq siyosiy qaror qabul qilinmaganini aytgan.

Majlisda bir necha deputat alifboning kamchiliklari va yangi harflarni kiritish zarurligini taʼkidlagan.

Joʻgorku Kenesh ikkinchi oʻqishda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilib, roʻyxatdan oʻtgan 87 ta deputatdan 79 nafari ovoz bergan. Qolganlar esa ovoz berishdan bosh tortgan.

Amalda.uz Telegram kanali
3.7K views03:40
Ochish/sharhlash
2023-04-20 06:13:45
Sirdaryoda oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻlik firibgarlik aniqlandi

Qayd etilishicha, departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar S.M. va A.J. fuqaro R.M.Ning ishonchiga kirib, uni goʻyo yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 6 000 AQSH dollari evaziga Guliston davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilishib, shundan 5 100 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
4.4K viewsedited  03:13
Ochish/sharhlash
2023-04-20 04:39:34
Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° boʻladi.

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq boʻladi.

Amalda.uz Telegram kanali
5.5K viewsedited  01:39
Ochish/sharhlash
2023-04-19 21:30:15
“Oʻzbekiston Respublikasida 21-aprel kuni Ramazon Hayiti boʻlishligi falakiy hisob bilan toʻgʻri ekanligini tasdiqlab turibmiz lekin biz yana oʻsha oyni kuzatuvchilarimizdan keladigan xabarni olmaganligimiz uchun toʻla fatvoyimizni oxirgi xulosasini berolmayapmiz, aslida falakiy hisob bilan 21-aprel ekanligi aniq boʻlgan” - Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi muftiysi Nuriddin domla Holiqnazarov

Amalda.uz Telegram kanali
9.0K viewsedited  18:30
Ochish/sharhlash
2023-04-19 15:16:35
Ramazon hayiti kuni 2023 yil 21 aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar qilinmoqda — O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ibodat masalasida doim ehtiyot bo‘lish lozim.
Ramazon ro‘zasining boshlanishi va tugashi faqat yurt muftiysi tomonidan e’lon qilinadi, mo‘min-musulmonlar esa shu fatvoga ergashishlari shart bo‘ladi.

Demak, internet saytlari yurituvchilari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan ushbu masalada turli xabarlarni tarqatish orqali xalqimizni asl vaziyatdan chalg‘itmaslikni iltimos qilamiz.

Shu kunlarda O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni rasmiy manbalarda e’lon qilinadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi

Amalda.uz Telegram kanali
13.7K views12:16
Ochish/sharhlash
2023-04-19 15:04:37
Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 21-aprel kuni nishonlanadi

Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi maʼlum qildi.

Amalda.uz Telegram kanali
12.7K viewsedited  12:04
Ochish/sharhlash
2023-04-18 06:50:12
Usmonov Bobur Masudovich tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

B.Usmonov bungacha Prezident Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Adliya vazirligi va boshqa tuzilmalarda turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Amalda.uz Telegram kanali
938 viewsedited  03:50
Ochish/sharhlash
2023-04-18 06:29:23
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 12-17 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”

Amalda.uz Telegram kanali
1.1K viewsedited  03:29
Ochish/sharhlash
2023-04-17 19:39:46
Hozirgina yakunlangan “Bunyodkor” – “Nasaf” oʻyinidan soʻng katta janjal yuzaga keldi

Maʼlumot uchun, “Bunyodkor” va “Nasaf” oʻrtasidagi oʻyin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Eʼtiborli jihati “Bunyodkor” ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan 6 daqiqaning soʻngi soniyalarida hisobni tenglashtirgan.

Hozirda janjal nima sababdan yuzaga kelgani maʼlum emas.

Amalda.uz Telegram kanali
2.1K views16:39
Ochish/sharhlash