Get Mystery Box with random crypto!

'Qamchiq' dovonida yana YTH “Qamchiq” dovonida Daf rusumli yu | Amalda.uz

"Qamchiq" dovonida yana YTH

“Qamchiq” dovonida Daf rusumli yuk mashinasi toʻsiqqa urildi, bundan qochmoqi boʻlgan Damas esa handaqqa tushib ketdi.

Voqea, 22-aprel kuni soat 06:22 larda sodir boʻlgan. A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismidan oʻtgan yoʻlning 269,4-kilometrida DAF rusumli yuk avtomobili “Toshkent-vodiy” yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yoʻqotib, oʻrta temir toʻsiqqa urilgan. Shuningdek, oʻsha harakat yoʻnalishidagi Damas rusumli avtomashina haydovchisi toʻsiqqa urilgan yuk mashinasidan qochaman deb handaqqa tushib ketgan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va 2 nafar Damas avtomobilidagi yoʻlovchilar tan jarohati olib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Halok boʻlganlar yoʻq.


Amalda.uz Telegram kanali