Get Mystery Box with random crypto!

Allaev Uz (16 )

Telegram kanalining logotibi allaevuzb — Allaev Uz (16 ) A
Telegram kanalining logotibi allaevuzb — Allaev Uz (16 )
Kanal manzili: @allaevuzb
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.82K
Kanalning ta’rifi

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали.
Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com
Реклама масалалари: @asaxiymedia

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 67

2022-09-06 17:09:42 Talabalar uchun Asaxiyda yangi imkoniyat. 4 nafar studentni praktikaga olib, ular bilan shaxsan o'zim shug'ullanadigan bo'ldim.

Praktika davomida talaba ish oʻrganadi, kitob oʻqiydi, oʻz ustida ishlaydi. Talabaning oʻqib oʻrganishi, ishga kirishib olishi bilan shaxsan oʻzim, shuningdek jamoamizning top menejerlari shugʻullanishadi.

Bu talabalarga katta jamoada ishlashni oʻrganish, korporativ madaniyatga moslashish, kompaniya ichida haqiqiy foydali kadrga aylanish imkonini beradi. Praktikadan muvaffaqiyatli tugatgan talabaga Asaxiydan sertifikat va tavsiyanoma beriladi. Amaliyotdan eng yaxshi oʻtganlarni bo'lsa Asaxiy ga ishga qabul qilamiz.

Va eng muhimi amaliyot davrida har bir talabaga 1 million Soʻmdan har oy stipendiya beriladi.

Amaliyot Asaxiyning Toshkent shahri markazidagi bosh ofisida o'taladi.


Amaliyotda qatnashmoqchi boʻlganlar quyidagi anketani toʻldirishlari kerak:
https://forms.gle/oAqiwueMiSLry6vT7

Yaqinlarga, tanish-bilishlarga tarqatish tavsiya qilinmaydi

PS: Praktika choy tashish bilan oʻtib ketmasligini kafolatlaymiz))

@allaevuzb
7.8K viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2022-09-06 16:01:55 Хоҳлаймизми ёки йўқми, сифатли таълим хусусий секторга ўтиб кетади. Сифат ва натижа бўйича хусусий мактаблар билан рақобат қилиш қийин бўлиб бораверади.

Яқинда Ғиждувон туманидан 57 битирувчиси 100 % талаба бўлган мактаб ҳақида ёзган эдим. Бугун Расул Ака Кушербаевнинг каналида Қўқондаги "AHMAD education" International School хусусий мактаби ҳақида ўқиб қолдим.

Биринчи йил мактабга қувватига нисбатан 60% ўқувчилар келган. Бу йил яна 170 ўқувчи билан жами 770 нафар ўқувчи билан ўқув йилини бошламоқчи.

Мактабда бошқарув ва машғулотлар тўлиқ рақамлаштирилган. Турникетдан ўтган ўқувчилар рўйхати махсус базада йиғилади. Ўқитувчи йўқламага вақт сарфламайди. Ўқувчи синфга кирганда махсус мосламага ID карта орқали қайд этади. Бу маълумот бот орқали ота-оналарга етказилади.

Синф хоналар специфик хусусиятга эга. Бир синф 20 киши учун мосланган. Ортиқча расм, шиорбозлик йўқ.

Дарсларга хорижда таълим олган ўқитувчилар, жумладан, Туркиянинг етакчи педагог мутахассислари ҳам жалб этилиб, илғор таълим стандартлари, янгича услубларида ёшларга таълим бериб келинмоқда экан.
3.3K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:48:44 Россия бозорини тарк этган халқаро брендлар сони мингтадан ошибди. Брендлар ўз ташаббуси билан Россияга санкция қўйиши бу урушда катта янгилик бўлганди. Энг қизиғи улар орасида Хитойнинг йирик брендлари ҳам бор.

@allaevuzb
3.2K views11:48
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:30:03 KundalikCom мажбурийми?

Kundalik.com тизимига обуна бўлиш ота-оналар учун ихтиёрий саналади.

Тизимнинг барча маълумотлари “Ўзбектелеком” серверларида сақланади — Халқ таълими вазирлиги


@xushnudbek
2.4K views11:30
Ochish/sharhlash
2022-09-06 11:13:47 ОАВда, блогерларда баъзи мавзулар юзасидан чиқарилаётган инфоларни кўриб одамни энсаси қотяпти. Қайси инфо қайси мақсадда қайси ўрин ва соҳани эгаллаш учун сиздирилгани шундоқ кўринмоқда.

Шахматни ҳам шашка қиворишди. Сал мураккаброқ ўйин қилинглар бундоқ, тагига етолмасдан бош қотсин.
3.5K viewsedited  08:13
Ochish/sharhlash
2022-09-06 00:27:01 Мутолаа қилаётган бошқа бир китобимдан рақамлар:
Бутун дунёда 1.57 млрд мусулмон бор. Бу дунё ахолисининг 23 фоизи. Ундан 972 миллиони Осиёда, 315 миллиони Шимолий Африкада, 240 миллиони Африкада, 38 миллиони Европада ва 5 миллиони Шимолий Америкада яшайди. БМТ маълумоти бўйича 2006 йилда Ислом дини христианликни қувиб ўтиб, дунёдаги энг оммабоп динга айланган.

@allaevuzb
3.9K views21:27
Ochish/sharhlash
2022-09-05 23:28:01 Рейдерлар ҳали ҳам борми?

Human.uz ижтимоий тармоқларда муҳокама қилинган мавзулардан бири “Зоминлик рейдерлар” масаласини ўрганибди. Тадбиркорликка оид бўлгани учун ҳам қизиқ.

Тергов ва маҳкама жараёнларида иштирок этган инсон ҳуқуқлари фаоли ва журналист Абдураҳмон Ташанов муаммо юзасидан интервью бериб, масалага батафсил тўхталибди.

Бу ерда долзарб иш юзасидан бошқа маълумотлар чиқиб келмоқда.

Интервью:


3.7K views20:28
Ochish/sharhlash
2022-09-05 19:35:00
Бугун ўқиётган китобларим сафига яна бир китобни қўшдим. Бу сафар маълумотлар билан ишлаш ҳақида.

Икки кун олдин Котлернинг "Маркетинг 5.0" китобини тугатдим ва уни ўрнини бу китоб эгаллади.
3.7K views16:35
Ochish/sharhlash
2022-09-05 18:12:44
Asaxiy да талабалар, умуман ҳамма учун ноутбукларга акция ва чегирмаларни бошладик. Бутун ой давомида сюрпризлар бўлади.
3.8K views15:12
Ochish/sharhlash
2022-09-05 12:54:59 Bugun talabalikni boshlagan uka va singillarimizga murojaat.


Avvalo seni talaba boʻlganing bilan tabriklayman. Bu sening yoshingda har oʻn kishidan nari borsa ikkitasiga nasib qildi. Bu ham bir omad. Bilaman, seni oʻquv markazlari, maktablar talaba boʻlish uchun tayyorlashgan. Goʻyoki hayotdan maqsad talaba boʻlish.

Lekin, bilginki bu yakun emas, aksincha katta yoʻlning boshlanishidir. Sen endi voyaga yetgan alohida mustaqil shaxssan. Bundan bu yogʻiga hayotingni qanaqa qilib qurish senga bogʻliq boʻladi. Shu uchun ham keyingi toʻrt yil yoki yillar uchun senga bir necha maslahatni bermoqchi edim.

Birinchisi, bilginki bizda Universitet seni professional hayotga tarbiyalamaydi. Asosiy vazifasi kadr yetkazish boʻlsa-da, bugun oliy taʼlim kadr yetkazishdan boshqa hamma narsa bilan shugʻullanadi. Shu uchun ham sen keyingi 4 yilni Universitetda yaxshi baho olish uchun emas, tanlagan sohangda professional boʻlish uchun sarflagin.

Oʻzbekistonda oʻqishga kirolmagan yoshni hayot qozoniga otib yuborishadi. U uylanishi yoki erga tegishi, tezroq ish topishi, topolmasa Rossiya ketishi kerak. Natijada hali endi 25ga kirgan yosh qalban 40 yoshga yetgan oilalik odam boʻladi. Sen boʻlsa 4 yil bonus yutding. Senda shu 4 yilni shaxs sifatida oʻsishga sarflash imkoni bor. Undan tashqari 4 yil seni maʼlum xarajatlaringni ota-ona toʻlab beradi. Shu 4 yildan foydalanib qol.

Oʻzbekistonda hozir professional kadrlar jiddiy muammoga aylandi. Hamma sohada oʻz ishini zoʻr bilgan professionallar yetishmayapti. Natijada haqiqiy professionallar maoshi ham keskin oshib bormoqda. Sen boʻlsa oʻz sohangda professional boʻlishga harakat qil. Universitet seni professional qilishini kutma. Universitet nari borsa sendan soʻzsiz bo'yin egadigan navbatdagi ijrochini chiqarishi mumkin. U berayotgan taʼlim boʻlsa aksar hollarda ishga umuman aloqasi yoʻq. Shu uchun ham keyingi yillarda oʻz sohangdagi professional kitoblarni birma-bir oʻqib chiq, oʻz sohangning professionallari boʻlgan blogerlarni kuzat, sohangdagi Youtubeda qoʻyilgan videolar qolmasin, Googleda sohang boʻyicha koʻrib chiqilmagan maqola qolmasin. Imkoning yetsa, oʻz sohangda eng zoʻr boʻlgan kompaniyalarga borib praktika qilgin. Amaliyot seni har tomondan professional hayotga tayyorlaydi. Koʻpincha, seni rad etishlari yoki umuman ignor qilishlari mumkin. Sen eʼtibor berma, oʻzing uchun kurash. Hozir sening birinchi vazifang shaxs sifatida yuksalishdir.


Shaxs sifatida yuksalishni boʻlsa ertaga qoldirma. Sen bugun yuksalishing kerak. Bugunni yoki mana shu yillarni senga shu uchun berishdi. Sohangda xalqaro darajada mutaxassis boʻlish uchun til oʻrganishga majbursan. Afsuski, haqiqiy professional adabiyotlar, darslar oʻzbek tiliga tarjima qilinmaydi va buni kutmagan ham maʼqul. Shu uchun ham ingliz tilini zoʻr oʻrgan, unda erkin gapiradigan, erkin tushunadigan va erkin yozadigan darajaga tezroq chiqib ol. Kelajaging uchun bu zarur. Sen chet tilini bilishga majbursan. Yaxshi yashamoqchimisan, boshqa tanloving yoʻq.

Yaxshi insonlar bilan doʻst boʻl. Tanish-bilish va netvorkingni butun dunyoda foydasi katta. Shu uchun ham yaxshi insonlar bilan doʻst tutin, ulardan oʻrgan, ular bilan birga boʻl. Talabalikda orttirgan tanishlar butun umr senga kerak boʻladi.


Muhimi gazini bos, seni 25-27 yoshgacha qiladigan harakatlaring qolgan umring qanaqa boʻlishini aniqlab beradi. Oʻsha yoshgacha dunyoqarash shakllanib, professionalga aylanib olsang, seni tabriklayman. Undan keyin oʻrganishing, oʻqishing va shakllanishing qiyin boʻladi.

Oxirgi kichik maslahat, turmush qurishga shoshilma. Bu savolni 25 yoshdan keyin ham yechaverasan.


Shu yo'ldan o'tgan akang,
Firuz Allayev


@allaevuzb
3.2K viewsedited  09:54
Ochish/sharhlash