Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar uchun Asaxiyda yangi imkoniyat. 4 nafar studentni pr | Allaev Uz

Talabalar uchun Asaxiyda yangi imkoniyat. 4 nafar studentni praktikaga olib, ular bilan shaxsan o'zim shug'ullanadigan bo'ldim.

Praktika davomida talaba ish oʻrganadi, kitob oʻqiydi, oʻz ustida ishlaydi. Talabaning oʻqib oʻrganishi, ishga kirishib olishi bilan shaxsan oʻzim, shuningdek jamoamizning top menejerlari shugʻullanishadi.

Bu talabalarga katta jamoada ishlashni oʻrganish, korporativ madaniyatga moslashish, kompaniya ichida haqiqiy foydali kadrga aylanish imkonini beradi. Praktikadan muvaffaqiyatli tugatgan talabaga Asaxiydan sertifikat va tavsiyanoma beriladi. Amaliyotdan eng yaxshi oʻtganlarni bo'lsa Asaxiy ga ishga qabul qilamiz.

Va eng muhimi amaliyot davrida har bir talabaga 1 million Soʻmdan har oy stipendiya beriladi.

Amaliyot Asaxiyning Toshkent shahri markazidagi bosh ofisida o'taladi.


Amaliyotda qatnashmoqchi boʻlganlar quyidagi anketani toʻldirishlari kerak:
https://forms.gle/oAqiwueMiSLry6vT7

Yaqinlarga, tanish-bilishlarga tarqatish tavsiya qilinmaydi

PS: Praktika choy tashish bilan oʻtib ketmasligini kafolatlaymiz))

@allaevuzb