Get Mystery Box with random crypto!

Mohirdev Jenevada boʻlib oʻtgan 'Migration Challenge' startapl | Alisher Sadullaev

Mohirdev Jenevada boʻlib oʻtgan "Migration Challenge" startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Tanlovda muhojirlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan 500 dan ortiq startaplar qatnashdi.

Mohirdev oʻz taqdimotida:
— minglab yoshlar hayotining oʻzgarishiga sabab boʻlayotgan Mohirdev Praktikum onlayn IT kurslar platformasini;
— 500 mingdan ortiq insonlarga chet tillarini oʻrgatayotgan Ibrat Farzandlari;
— ish beruvchilar va ish qidiruvchilarni bogʻlaydigan yangi Mohirlar loyihalarini namoyish qildi.

Hozirgi kunda Mohirdev taʼlim platformasida 50 000 dan ortiq insonlar, jumladan 9 000 dan ziyod muhojirlar zamonaviy kasblarni oʻrganib kelayotgani ham alohida eʼtirof etildi.

@alisher_sadullaev