Get Mystery Box with random crypto!

Tabriklaymiz, Nodirbekdan dramatik g'alaba! Niderlandiyaning | Alisher Sadullaev

Tabriklaymiz, Nodirbekdan dramatik g'alaba!

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida “Tata Steel Chess-2024” musobaqasining oʻninchi turi boʻlib oʻtdi. Unda Nodirbek Abdusattorovga niderlandiyalik Maks Varmerdam raqiblik qildi.

Quvonarlisi, Nodirbek deyarli yetti soat davom etgan bahsda qora donalarda kambek qilib, ishonchli tarzda gʻalaba qozondi. Bu hamyurtimizning turnir davomida yutgan uchinchi niderlandiyalik raqibi edi.

Ushbu gʻalaba orqali Abdusattorov ochkolari sonini 6,5 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

To'liq o'yinni ko'rish: https://www.youtube.com/live/9AgyLkTI0aY?si=nJJGLAMxEtBUGLXK

@alisher_sadullaev