Get Mystery Box with random crypto!

Respublika Yoshlar ovozi tanlovi — “Bo‘zatov FEST”ga ro‘yxatda | Alisher Sadullaev

Respublika Yoshlar ovozi tanlovi — “Bo‘zatov FEST”ga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi hamda “Yoshlar ovozi” prodyuserlik markazi hamkorligida o‘tkaziladigan “Bo‘zatov FEST” yoshlar ovozi tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Tanlov baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.

Gʻolib bo‘lgan iste’dodli yoshlar: 1-o‘rin 50 000 000 so‘m, 2-o‘rin 30 000 000 so‘m, 3-o‘rin 20 000 000 so‘m va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: @YoshOvozBot

@alisher_sadullaev