Get Mystery Box with random crypto!

#xushxabar Aziz kitobxon do’stlar, sizlarga 1000KITOB mega lo | Alisher Sadullaev

#xushxabar

Aziz kitobxon do’stlar
, sizlarga 1000KITOB mega loyihasi dastlabki natijalarini bera boshlaganini ma’lum qilamiz.

Maqsadimiz – yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi jahonda mashhur kitoblarni o‘zbek tiliga o‘girish va bu orqali ularni zamonaviy ilm-fanning so‘nggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borishdan iborat.

Loyihaning ilk bosqichida 50 ta kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop etish belgilangan.

Kitoblarni ekspertlar guruhi tasdiqlaydi va tarjima huquqlari xorijiy noshirlardan xarid qilinadi.

Ayni damda xayrli qadamlarni tashladik: dastlabki 10 kitobning mualliflik huquqini xarid qilib, shartnomalar imzoladik.

Mualliflik huquqi olingan kitoblar ro’yxati bilan loyihaning rasmiy kanalida tanishishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev