Get Mystery Box with random crypto!

​​ Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek da | Alisher Sadullaev

​​ Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi — yoshlar uchun imkoniyat! (2-qism)

2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha «One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchilari») loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan «One Million Arab Coders» loyihaning analogi hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz/ onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. 6 mln. 750 ming so‘mni 24 oyda to‘lansa, bir oyga 281 250 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, mazkur tizim ham elektronlashtirilgan. «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach, iste’mol krediti kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishingiz va o‘zingiz ham kuzatib borishingiz mumkin.

Juda ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab muraat qilishardi. Mana yoshlarga imkoniyat, ham dasturlashni bepul o‘rganish mumkin, ham noutbuk xarid qilish mumkin. Imkoniyatdan foydalanish esa doimgidek o‘zingizning qo‘lingizda!

@alisher_sadullaev