Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini jo | Alisher Sadullaev

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi

Prezident qaroriga ko'ra, mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla – tuman – viloyat – respublika” boshqaruv tizimini yaratilib, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish kabilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi.

Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan yetakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m) miqdorida;

xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m) miqdorida;

xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m) miqdorida.

@alisher_sadullaev