Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test na | Abituriyent

Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.

Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Buning uchun mazkur saytdagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

Test topshirilgan fanlar
Har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni
Har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni
Har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball
Har bir test topshirig‘iga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berilganligi.


Ma’lumot uchun, diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube