Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash mak | Abituriyent

O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021 y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviasiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.

Bu maktabda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz eyespluatasiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube