Get Mystery Box with random crypto!

​​ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga nomzodlar | Abituriyent

​​ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga nomzodlarni saralab olish tartibi belgilandi !

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi tayanch oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlaydi.

Akademiyaga bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi taʼlim shaklida o‘qishga Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari bo‘lgan erkaklar – O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

O‘qishga nomzodlar quyidagi bosqichlarda tanlovlardan o‘tadi:

Dastlabki saralab olish
Maxsus kasbiy tanlash
Test sinovlari

Sport ustasi unvoni yoki sport ustasiga nomzodlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatni taqdim etgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan ozod etiladi.

Akademiyaga bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi taʼlim shakliga o‘qishga qabul qilingan nomzodlarga kursant maqomi beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube