Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihoni sanalari belgilandi ! Chet tilini bilish | Abituriyent

Chet tili imtihoni sanalari belgilandi !

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 15-16-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-18-20-21-dekabr kunlari o‘tkaziladi.


Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube