Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 18

2023-03-11 05:15:15
Assalomu alaykum, xayrli tong!

Bugun 11-mart, Shanba.
Yil yakuniga 295 kun qoldi.

Qadrli yoshlar, yil yakuniga qadar vaqtingizdan unumli foydalanish sizning qo‘lingizda.

“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida Ingliz tilini 0 dan o‘rganing.

Kirish qismi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
945 views02:15
Ochish/sharhlash
2023-03-10 17:13:52
#Munozara

Jizzax viloyatida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda Jizzax davlat pedagogika instutiti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Qiziqarli va munozaralarga boy tarzda tashkil etilgan o‘yinda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining “Sug‘diyona” jamoasi g‘olib bo‘ldi hamda tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
126 views14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-10 17:13:44 11-mart kuni o‘tkazilishi belgilangan umumxalq xayriya hashari 18-mart sanasiga ko‘chirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
143 views14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-10 16:17:11
#Hashar #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston bo‘ylab 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hashar, Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

U «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 11-mart (shanba) dam olish kuni 20-mart (dushanba)ga ko‘chirilgan.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.7K views13:17
Ochish/sharhlash
2023-03-09 17:20:20 Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Bolalar mehnati taqiqlanadi

Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, jismoniy, aqliy va maʼnaviy jihatdan to‘laqonli rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning taʼlim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.

#MeningKonstitutsiyam

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.3K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-03-09 17:15:16 Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Davlat yoshlarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi

Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Davlat yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

#MeningKonstitutsiyam

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.3K views14:15
Ochish/sharhlash
2023-03-09 17:10:17 Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdir. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning burchidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va maʼnaviy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

#MeningKonstitutsiyam

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.4K views14:10
Ochish/sharhlash
2023-03-09 17:05:14 Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi

Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy taʼlim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy taʼlimda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi. Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

#MeningKonstitutsiyam

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K views14:05
Ochish/sharhlash
2023-03-09 17:00:06 Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Har kim taʼlim olish huquqiga ega

Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlantirilishini taʼminlaydi. Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta taʼlim va boshlang‘ich professional taʼlim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta taʼlim majburiydir. Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy o‘rta taʼlim davlat nazoratidadir. Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

#MeningKonstitutsiyam

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
989 viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2023-03-09 16:57:38


Maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 19-martdan boshlanadi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 18-mart (shanba) uchinchi chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, to‘rtinchi chorak 27-mart sanasidan boshlanadi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.9K views13:57
Ochish/sharhlash