Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarkuni
Yoshlarittifoqi
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarkuni
Yoshlarittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.45K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2023-03-03 07:51:10
#VatanparvarlikKarvoni

“Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendurman o‘sha” shiori ostida harbiy Vatanparvarlik karvoni davom etmoqda

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabbusi ostida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi va Ohangaron tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda aholiga xush kayfiyat bag‘ishlash, ularning qalbida Vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan qurol aslaha ko‘rigi, harbiy orkestr jamoasining Vatanni math etuvchi kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.4K views04:51
Ochish/sharhlash
2023-03-02 10:31:40
#Bilasizmi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

Batafsil infografikada

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.5K views07:31
Ochish/sharhlash
2023-03-02 07:40:35
#QVZ #YoshlarIttifoqi

NIHOYAT, UZOQ KUTILGAN YANGILIK!

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi PREMYER ligasi 1-mavsumi YARIM FINAL bosqichi bellashuvlari!

26-31 MART, 14:00
“ZO‘R TV” telekanali, 3-pavilioni

+998935470909

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.2K views04:40
Ochish/sharhlash
2023-03-01 17:20:51
#ChessKingdom #YoshlarIttifoqi

Jizzax viloyati Sardorlaridan “Chess Kingdom” loyihasi

Jizzax viloyati “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda “Asia school” xususiy maktabi bilan hamkorlikda 100 nafardan ortiq bolalar ishtirokida “Chess Kingdom” musobaqasi tashkil etildi.

Loyihadan maqsad o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bolalar o‘rtasida shaxmat musobaqasini ommalashtirishdan iborat.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.8K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-03-01 05:26:51
Qadrli yoshlar, kanalimiz kuzatuvchilari!

Bahor - fasllar kelinchagi. Bunda gulyaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi.

Bahorning birinchi kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.1K views02:26
Ochish/sharhlash
2023-02-28 16:34:55
#SumalakParty #YoshlarIttifoqi

Aziz yoshlar! Siz uchun “Sumalak party” tashkil qilinmoqda

Yilning eng pozitiv, mega loyihasi 2-mart kuni Urganch shahridagi Amir Temur istirohat bog‘ida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etiladi.

Loyihaning maxsus mehmoni “Dj King Macarella”

Fasllarning ko‘rki bo‘lgan bahorning ilk kunlarini milliy urf-odatlarimiz va zamonaviy yoshlarimizni birlashtirayotgan bayram bilan boshlang.

Barchangizni 2-mart soat 17:00 da Yoshlar markazi binosi oldida kutamiz!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.4K views13:34
Ochish/sharhlash
2023-02-27 15:06:46
#Yangilik #Imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi.

Mazkur ro‘yxat Advice.uz huquqiy portaliga joylashtiriladi.

2023/2024 o‘quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.

2023/2024 o‘quv yilida:

abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘ladi;
bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi.

O‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi.

Joriy yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitasiya uskunalari bilan ta’minlanadi.

Qarorga ko‘ra shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.1K views12:06
Ochish/sharhlash
2023-02-25 20:00:19
Sardorlar faoliyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti tizimidagi Sardorlar Kengashi a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, Sardorlar faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqish hamda qo'llab-quvvatlash maqsadida "Kamalak" bolalar tashkilotining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi boshchiligida "Kamalak" bolalar tashkiloti jamoasi, studiyalardan hududiy Sardorlar Kengashi a'zolari ishtirok etishdi.

#muhokama

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
931 views17:00
Ochish/sharhlash
2023-02-25 16:08:46
Salom yoshlar!

Imkonlab loyihasi yana siz bilan!

Siz 18-24 yoshdamisiz? Siz Termiz shaharida yashaysizmi? 3-5 nafar do‘stlaringizdan iborat bo‘lgan jamoani tuzdingizmi? Qandaydir muammoni hal qilishga kirishish bo‘yicha jamoangizning o‘z g‘oyasi bormi?

Agar yuqoridagi savollarning barchasiga ijobiy javob bergan bo‘lsangiz, 2023-yil mart oyida o'tkaziladigan treninglarimizda ishtirok etish uchun quyidagi havola bo‘yicha kerakli manzilga o‘ting va shaklni 9-mart 23:59 ga qadar to‘ldiring.

Ro‘yxatdan o‘tish

Yana savollaringiz bormi? Loyiha guruhiga qo‘shiling (Imkonlab guruhi) va savollaringiz javob oling!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.4K views13:08
Ochish/sharhlash
2023-02-25 09:35:19
#BolalarPressKlubi #YoshlarIttifoqi

“Ijtimoiy faollik yoki namunali ta’lim?”

Ushbu mavzuda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti Sardorlar Kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bolalar press klubi o‘tkazildi.

Press klubda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi, Xaliq talimi vazirligi, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi, “Jetkinshek” bolalar jurnali va bir qator tashkilotlardan mutaxasislar ishtirok etdi.

Tadbir davomida mas’ul rahbar va mutaxassislar tomonidan bolalar ta’limiga oid turli mavzular muhokama qilinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar uchun amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida ma’lumot berildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
859 views06:35
Ochish/sharhlash