Get Mystery Box with random crypto!

#Hashar #YoshlarIttifoqi O‘zbekiston bo‘ylab 11-mart kuni | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Hashar #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston bo‘ylab 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hashar, Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

U «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 11-mart (shanba) dam olish kuni 20-mart (dushanba)ga ko‘chirilgan.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook