Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2023-03-09 16:52:49 Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda. Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshgani, yaʼni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

#MeningKonstitutsiyam

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K viewsedited  13:52
Ochish/sharhlash
2023-03-07 22:52:41
Aziz onajonlar, qadrli opa-singillar!

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Siz va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘lik, tuganmas baxt va omad tilab qolamiz!

Ayolni e’zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan fazilat!

Yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, ulugʻ va ezgu maqsadlaringiz yoʻlida hech qachon tolmang. Bayramingiz muborak boʻlsin!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.4K views19:52
Ochish/sharhlash
2023-03-07 18:39:35
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.8K views15:39
Ochish/sharhlash
2023-03-07 14:16:41
Prezident: Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish – doimo e’tiborimiz markazida

Davlatimiz rahbarining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:

… Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu borada qizlarimizning ulushi 50 foizga yetgani tariximizda misli ko‘rilmagan natijadir.

Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba-qizlar uchun 68 milliard so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 milliard so‘mga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi.

Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.9K views11:16
Ochish/sharhlash
2023-03-07 14:05:13
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti jamoasi Qarshi shahrida jamoat joylaridagi xotin-qizlarni bayram bilan tabriklashdi.

Ularga ezgu tilaklar bildirilib, tabriknoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.9K views11:05
Ochish/sharhlash
2023-03-06 08:55:02
#Toʻlov #YoshlarIttifoqi #Test

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan Oliy ta’lim muassasalarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tahsil olayotgan hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishga da’vogar talabalarning 35 % kontrakt qismini toʻlab berish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu asnoda Muhammad al-Xorazmiy nomidagı Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan taqdim qilingan test savollari asosida qoʻllab-quvvatlanishga da’vogar talabalardan test olindi.

Test sinovlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan barcha Oliy ta’lim muassalaridan jami 300 nafarga yaqin da’vogar talabalar test sinovlarini topshirdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.7K views05:55
Ochish/sharhlash
2023-03-04 14:10:52
#HarbiylarForumi #YoshlarIttifoqi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi maʼnaviyat-maʼrifat markazida Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari va yoʻnalish sardorlari bilan “Vatan ravnaqi yoʻlida birlashaylik!” shiori ostida yosh harbiylar Forumi tashkil etildi.

Forumda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi vakillari hamda Toshkent shahrida joylashgan Qurolli Kuchlar tizimidagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari va yoʻnalish sardorlari, shuningdek, harbiy sohaga qiziquvchi yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yosh harbiylar Forumi doirasida Ittifoqning harbiy qism muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari tomonidan oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, shuningdek, istiqboldagi rejalar xususida tanqidiy ruhda muhokama yigʻilishi va turli sohalar mutaxassislari ishtirokida seminar mashgʻulotlari ham oʻtkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.2K views11:10
Ochish/sharhlash
2023-03-03 16:31:01
#BolalarPressKlubi #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Ijtimoiy faollik yoki namunali ta’lim” mavzusidagi Bolalar Press klubi tashkil etildi

Press klub davomida O‘zbekistonda yagona, bolalarni o‘zida jamlay olgan “Kamalak” bolalar tashkiloti haqida hujjatli film namoyish etildi.

Filmni tomosha qilish imkoniyatiga siz ham egasiz!

YOU TUBE

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
680 views13:31
Ochish/sharhlash
2023-03-03 07:51:10
#VatanparvarlikKarvoni

“Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendurman o‘sha” shiori ostida harbiy Vatanparvarlik karvoni davom etmoqda

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabbusi ostida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi va Ohangaron tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda aholiga xush kayfiyat bag‘ishlash, ularning qalbida Vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan qurol aslaha ko‘rigi, harbiy orkestr jamoasining Vatanni math etuvchi kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.4K views04:51
Ochish/sharhlash
2023-03-02 10:31:40
#Bilasizmi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

Batafsil infografikada

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.5K views07:31
Ochish/sharhlash