Get Mystery Box with random crypto!

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi maj | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdir. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning burchidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va maʼnaviy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

#MeningKonstitutsiyam

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook