Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.34K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 129

2021-12-27 19:23:59 Kepa hikoyasi (3-qism)

Buning barchasi katta tushunmovchilik.

Qo’shimcha daqiqalarda “Man.Siti” ustunlik qilayotgan edi. Penaltilar seriyasigacha kam vaqt qolgandi. Seyv amalga oshirganimdan so’ng, oyog’imda biroz og’riq sezdim va fizioterapevtni chaqirdim. Ammo u hammasi joyida ekanini aytdi. Bu orqali men jamoa biroz nafas rostlab olishini ham istagan edim. Kutilmaganda murabbiy Mauritssio Sarri Villi Kabalyeroni maydonga tushurmoqchi ekanini ko’rdim. U meni o’yinni davom ettira olmaydi deb o’yladi. Mening maqsadim esa boshqa narsa edi. Buni jamoa uchun qilayotgan edim. O’yinni davom ettira olmasligim uchun menda jiddiy muammo yo’q edi.
Biroq klub tashqarisida vaziyat izidan chiqdi.

Liga kubogi finalidan so’ng telefonga qaraganimda butun dunyo uchun mashhur bo’lib ketganimni ko’rdim. Bu mash-masha yana uch-to’rt kun davom etdi. Bu huddi tugamaydigandek tuyulardi.

Albatta suratlarda men huddi Mauritssioni hurmat qilmaydigandek talqin qilingandi. Meni noto’g’ri tushunishdi. Men murabbiyni asabiylashtirmoqchi emasdim. Men bu haqida matbuotga ham aytmoqchi edim, ammo buni imkoni bo’lmadi.

Yaxshiyamki, bu latifa o’z yakuniga yetdi. Hozir ham Mauritssio bilan munosabatim yaxshi. Keyingi safar bunday vaziyat yuzaga kelsa, nima qilishni bilaman. Biroq insonlar ham tushunishi kerak. Chunki vaziyat asli ko’ringaningizdan boshqacharoq bo’lishi mumkin.

Keyingi mavsum jamoa uchun og’ir o’tdi. Shu jumladan men uchun ham.

Mening o’zimga bo’lgan ishonchim yo’qoldi. Buni oqibatida ko’p xatoga yo’l qo’ya boshladim. Albatta bu tanqidlarni men to’g’ri qabul qildim. Biz doimo bosim ostidamiz va shunday holda negativ fikrlar bilan kurashish ham kasbimizning bir qismi. Biroq ba’zida odamlar chegaradan chiqa boshlashadi. Deylik, futbolchi xatoga yo’l qo’ydi, ammo bunday paytda futbolni tushunmaydigan va kimdandir alamini olmoqchi bo’lgan insongina chegaradan chiqadi.

Chegara bo’lishi kerak, shundaymasmi ?

Sizning oilangiz va do’stlaringiz siz haqingizdagi bu qo’rqinchli haqoratlarni ko’rishgach bu ularga, ular orqali bizga ham ta’sir o’tkazadi. Oxir oqibat biz ham o’z ishimizni yanada yaxshiroq qilishga intilayotgan insonmiz.

Irqchilik, oila a’zolaringizga tahdidlar, gomofobiya… bular endi ortiqcha. Qachondir biz buni chegarasini bilishimiz, bunga chora ko’rishimiz kerak va ijtimoiy tarmoqlarni suiste’mol qilishga chek qo’yishimiz zarur.

Men hozir “Chelsi”da o’zimni jismonan va ruhan yaxshi his etmoqdaman. Baxtliman va ikki yil avvalgiga qaraganda yaxshiroq darvozabonga aylandim deb o’ylayman. Albatta ko’proq o’ynashni xohlar edim. Agar hozirgi vaziyatimdan roziman desam aldagan bo’lardim. Ammo men murabbiy qarorini hurmat qilaman. Jamoada boshqa yaxshi futbolchilar ham borligini bilaman. Jamoa bilan ham hammasi joyida. Oxir oqibat bu eng muhimi. Agar biz jamoani birinchi o’ringa qo’ymaganimzda “Siti”ga qarshi bu finalni yuta olmagan bo’lar edik.

Qaysi rolda bo’lsa ham men jamoaga yordam berishga tayyorman. Otam yoshligimdan menga bir narsani uqtirar edi: “Agarda senga qilayotgan ishing yoqsa, unda bu kasbdagi og’ir mehnat senga faqat rohat baxshlaydi”. Oxirgi bir necha haftada qiyin vaziyatga tushib qolganimda bu haqida ko’p o’yladim. E’tiborimni faqat o’z kasbimga qaratdim. Menhatni yoqtirmaydigan futbolchilar ham bor. Ammo menga bu yoqadi. Aynan shuni murabbiylar ham hurmat qilishadi. Maydonda bir daqiqa o’ynamasam ham men mashg’ulotda borimni beraman va shundan so’ng o’zimni yaxshi his etaman. Bu menga xotirjamlik beradi.

Mavsumni yuqori ishtiyoq bilan boshlamoqdaman va o’zim yoqtirgan ish bilan shug’ullanishga tayyorman. Bilaman, agarda menhat qilishdan to’xtamasam va jamoani har qanday yo’l bilan qo’llab-quvvatlashda davom etsam, natijalar albatta keladi.

Kelajakda hech kim nima bo’lishini bilmaydi. Ammo bugun men Londonda baxtiyorman va umid qilamanki yaqin yillarda “Chelsi” bilan yana ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritamiz.

Birinchi navbatda odamlar bilishi kerakki, men jamoamga yordam berish uchun barchasiga tayyorman. Ayni shuning uchun men shu yerdaman.

1-qism
2-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.1K views16:23
Ochish/sharhlash
2021-12-27 16:43:35 Meni asli kim ekanimni bilish vaqti keldi. (Kepa hikoyasi)

Oxir oqibat ular mashg’ulotga ham tashrif buyurishdi va darvozabonlar murabbiyidan bu vaziyat bo’yicha tushuntirish so’rashdi. Luis esa menga qarab shunday derdi: “Kim bu odamlar ?”. Murabbiy ota-onamga meni klub kelajagi uchun muhim ekanimni va menga umid qilayotganini aytdi. Shundan so’ng ular buni tushinishdi. Biroz..

Bir necha oydan so’ng mavsum oldi tayyorgarlikni asosiy jamoa bilan o’tkazdim Men daho Marselo Byelsa bilan ishlar edim. Jamoada Ispaniya termasi bilan jahon chempioni bo’lgan Xavi Martines va Fernando Lyorente singari futbolchilar ham bor edi. Boshida bu menga tushdek tuyular edi, ammo vaqt o’tgani sari klub menga chindan ham umid qilayotganini his eta boshladim.

2013-yilda 18 yoshlik paytimda Ispaniya U19 termasi bilan Yevropa chempionatida g’alaba qozondik. Bu paytda “Atletik B” jamoasida asosiy posbon sifatida o’ynab kelar edim.

Keyingi bir necha yil men uchun muvaffaqiyatli keldi. Kutilmaganda Ispaniyaning ikkinchi divizionida o’ynaydigan “Ponferradina” klubidan menga taklif bo’ldi. Bu ajoyib xabar edi. Ammo bu meni 9 yoshimdan beri o’ynab kelayotgan jamoam “Atletik”ni tark etishim kerakligini ham anglatar edi. Men bu klubda o’zimni juda qulay his etar edim, shu tufayli biroz ikkilandim.

Ko’p o’yladim va oxiri bu chorlovni qabul qildim. Bu meni hayotimdagi eng to’g’ri qarorlarimdan biri bo’ldi. “Ponferradina”da men jamoaning birinchi raqamli posboniga aylandim va professional futbolda muvaffaqiyatga erisha olishim mumkin ekaniga amin bo’ldim.

Bir necha yil o’tib, 2018-yilning yozida yana bir kutilmagan taklif kelib tushdi. Bu safar “Chelsi”dan. Rosti bu transfer haqida unchalik ham jiddiy bosh qotirmadim. Sababi “Atletik”da meni tovon pulim 80 million yevro etib belgilangandi. “Atletik” esa londonliklar bilan shartnoma borasida kelishish niyati yo’q edi. Ular jamoaning muhim futbolchilari Xavi Martines, Fernando Lyorente va Ander Erreradek futbolchilarini qo’yib yuborgisi kelmasdi. Albatta, shonli tarixga ega klubning menga qiziqayotganidan xursand edim, ammo bu amalga oshadi deb o’ylamagandim.

Bir necha kun o’tib agentim menga “Chelsi” katta pul taklif etishga roziligini aytdi. “Ular shunchalik meni qo’lga kiritishni xohlashmoqdami ?” deb o’ylab qoldim. Ular tovon pulini to’lashga rozi ekanini aytishgach men hayotimdagi yana bir katta qaror qabul qilishimga to’g’ri keldi. Bu haqida ko’p o’yladim. Bu men uchun katta ma’suliyat edi. Albatta “Chelsi”dek klubning menga bunday taklif berishi o’ziga hos iltifot ham edi. Oxir oqibat, men agentimga shunday dedim: “Kel, bir urinib ko’ramiz!”

Hayotimizdagi eng qiyin qarorlar – bizni ulg’ayishimizga sabab bo’ladi. 8-avgust kuni shartnomaga qo’l qo’ydim. 11-avgustda esa “Xaddersfild”ga qarshi bahsda “Chelsi” libosida ilk o’yinimni o’tkazdim. Barchasi juda tez sodir bo’ldi. Men o’zimni yangi reallikka tushib qolgandek his etardim. Jamoadagi ispaniyalik futbolchilarni asosan televideniya orqali tanir edim. Ingliz tilimga kelsak… boshida unchalik ham yaxshi emasdi.

Ammo baxtimga jamoada ispaniyalik futbolchilar ko’p edi: Sesk Fabregas, Alvaro Morata, Pedro, Markos Alonso, Sezar Aspilikueta. Shuningdek, Mateo Kovachich. U klubga “Real”dan kelgani bois, ispanchada ham so’zlasha olar edi.

Birinchi mavsumim yaxshi o’tdi. Premyer-ligaga tezda moslashdim. Bu darvozabonlar uchun eng qiyin liga. Biz chempionlar ligasiga qaytdik va Yevropa ligasi finalida “Arsenal”ni mag’lub etdik. Ispaniya terma jamoasiga ham chaqiruv oldim. Afsuski Liga kubogi finalidagi voqea mening obro’yimga putur yetkazdi. Keling shu masalani ham uzil kesil hal etib olamiz.

Davomi bor...

1-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.5K views13:43
Ochish/sharhlash
2021-12-27 11:34:58
12.5K views08:34
Ochish/sharhlash
2021-12-27 10:36:31 Meni asli kim ekanimni bilish vaqti keldi. (Kepa hikoyasi)

Ba’zida birgina suratning ichida minglab ma'no bo'ladi.

29-may, biz Chempionlar ligasi finalida “Manchester Siti”ni mag’lub etganimizdan so’ng kimdir meni suratga olibdi. Bu rasm men uchun katta ahamiyatga ega edi. Men kubokni katta quvonch bilan ko’tarib turgan edim, ortimda jamoadoshlarim g’alabni nishonlashmoqda.

Bu rasm aslida juda ko’p narsani anglatadi. Birinchi navbatda biz uchun Chempionlar ligasi qanday ahamiyatga ega ekanini. Chunki biz mavsumni omadsiz tarzda boshlagan edik, ammo uni juda yuqori nuqtada yakunlay oldik.

Ikkinchidan bu bizni qanchalik bir birimizga yaqin ekanimizni ham ko’rsatadi. Murabbiylar jamoasi bizni klub uchun har birimiz muhim ahamiyatga ega ekanimizni his etishga majburladi. Ayni shu sababli men uchun bu g’alaba katta ahamiyatga ega bo’ldi va ayni shu sabab men “Chelsi”da o’zimni uyimdagidek his eta boshladim.

Futbolda g’alabani butun jamoa bilan qo’lga kiritishdan ortiq quvonch bo’lmasa kerak.

Uchinchidan bu sovrin shaxsan men uchun ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Men uni qo’lga kiritganimda o’zimda ajoyib hislarni tuydim, buni so’zlar bilan ta’riflash qiyin. Kubokni qo’limga ko’tarayotganimda men faoliyatim davomidagi quvonchli va qayg’uli kunlarimni esga oldim.

Bu mening shaxsiy hikoyam va uni deyarli hech kimga aytmaganman. Aslida ispaniyaliklar juda kirishuvchan va xushmuomala bo’lishadi. Lekin men Ondarroadanman. Bu Ispaniyaning shimolida joylashgan baliqchilar qishlog’i va u yerning aholisiz hissiyotlari bilan o’rtoqlashaverishmaydi va unchalik ham so’zga chechan emas. Bu yaxshimi yomonmi lekin men doimo shunday bo’lganman.

Garchi shunday bo’lsada, bugun men sizga o’zim haqimda so’zlamoqchiman. Bir-birimizni yaxshiroq bilib olishimiz vaqti keldi.

Futbolchilar doimo hammaning e’tiborida. Bizni tahlil qilishadi, maqtashadi va tanqid qilishadi. Muxlislarga bizning kuchli va kuchsiz tomonlarimiz yaxshi tanish, chunki ular bizni har hafta o’yinimizni kuzatishadi. Ammo aslida biz shaxs sifatida kim ekanimizni deyarli hech kim bilmaydi.

Har qalay men shunday deb o’ylayman.

9 yoshimdan boshlab uch nafar do’stim bilan “Atletik Bilbao”da o’ynay boshladik. Biz barchamiz haftasiga uch, to’rt marta Ondarroadagi maktabga qatnar edik. Keyin esa taksi tutib 45 daqiqa davomida “Atletik”ning yoshlar akademiyasi joylayshgan Bilbaodan unchalik ham olisda bo’lmagan Lezamega yetib olardik.

Kunlardan bir kuni, taxminan 16 yoshlik paytimda birinchi jamoa darvozabonlar murabbiyi Luis Lopis menga endi asosiy jamoa bilan mashg’ulotlar o’tkazishimni aytdi.

Men juda xursand edim. Birinchi bo’lib uyga bordim va bu xushxabarni ota-onamga aytdim. Ular bundan xursand bo’lishsa kerak deb o’ylagan edim. To’g’ri ular qaysidir tomonlama xursand bo’lishdi ham ammo ularning bu xabardan so’ng menga ilk savoli shunday bo’lgandi: “Maktab nima bo’ladi ?”

Ota-onam menga ilk futbol qo’lqopini olib bergan insonlar. Esimda sport do’konidan o’tayotganimizda men ularni holi joniga qo’ymay uni sotib olgan edim. Meni deyarli tirsagimgacha keladigan bu qo’lponi almashtirib berishmoqchi bo’lishganida esa bunga oyoq tirab turib olgandim. Otam ham onam ham juda kamtar va mehnatkash insonlar. Shuning uchun ham ularning ilk savoli shunday bo’lgandi. Men esa bunga ishona olmasdim. Bu birinchi jamoa! Bunday paytda maktab haqida kim ham o’ylar edi ? Ammo ularni men endi ayrim darslarga bor olmasligim ko’proq qayg’uga solardi.

Katta jamoa bilan bir necha mashg’ulotdan so’ng ular e’tiroz bildirishni boshlashdi: “Bunday davom etishi mumkin emas. Sen 16 yoshdasan, sen hali o’qishing kerak!”

Davomi bor...

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
13.1K views07:36
Ochish/sharhlash
2021-12-27 07:37:42 Muallif: Mesut O'zil

1. qism
2. qism
3. qism
4-qism
5-qism
6-qism
7-qism
8-qism
9-qism
10 qism
11 qism

Hayotimdagi eng jiddiy zarba

(Bo'limning boshi avvalgi qismlarda)

Qolaversa, bolaligimizda ota-onamiz biz bilan nemis tilida gaplashmaganligidan ham hozir afsuslanaman. Men ularni uyda turkcha gapirishga qaror qilganliklarini tanqid qilmayapman, chunki ular qasddan rejalashtirib shunday qilishmagan. Ota -onalar do'stlari va qo'shnilari bilan muloqot qilish o'z ona tillarida bo'lgani ma'qul edi. ular farzandlariga zarar keltirishni ko’zlashmagan. Turk tili ular uchun o'z fikrlari va his-tuyg'ularini ifoda etishning eng yaxshi usuli edi. Ular do’stlari va qo’shnilariga ham turkcha gapirishgan. Ular shu tilde o’zlarini erkin his etishgan. Bundan tashqari, turk tili ularning ota-bobolarining tili edi. Ularning ota-bobolari ham o'z navbatida turkiyzabon muhitda voyaga yetishgan.

1960-yillarning o'rtalarida ikkala bobom ham Germaniyaga kelishgan. Ilgari ular Turkiyada joylashgan Qora dengizdagi bo’yidagi Zonguldak shahrida ko'mir qazib olish bilan shug’ullanishgan. Ularga odatdagidek, faqat o’zlariga kerak bo’lgan paytdagina ishlashgan, ammo ularga juda kam haq to'langan. O'sha paytlarda, ayniqsa, viloyatlarda bo’sh ish o’rinlari yetarli bo’lmagan. Germaniya va Turkiya o'rtasida ishchilarni jalb qilish to'g'risidagi shartnoma imzolanganda, yuz minglab turk fuqarolari ish vizasini olishgan va mening bobolarim ham yaxshi hayot izlab, Germaniyaga ko’chib kelishgan. Olmoniya. Ish makoni. Boylik, mo’l-ko’lchilik makoni. Nemislar mening bobolarimni ishga yollashga tayyor edilar. Shuning uchun, bobolarim yuragiga qanchalik og'ir botsa-da, xotini va bolalarini tashlab, orzularining orqasidan yo’lga chiqishgan. Dastlab, reja qo'shimcha pul topish va qaytish edi. Ketishlaridan oldin, ularga hatto chet elda o'zini tutish qoidalari haqidagi kichik didaktik risola berishgan. "Germaniyadagi ishchilar nimalarni bilishi kerak?".

Turkiya rasmiylari tarqatgan risolaning sarlavhasini shunday edi. Ushbu risolada shunday yozilgan: “Qattiq mehnat qiling va o’zingiz bilmagan hamma narsani tezda o'rganib oling. O'z ish joyingiz nizomiga qat'iy rioya qiling. Ishga o'z vaqtida keling. Agar mutalqo imkonsiz holat bo’lmasa, iloji boricha kasallik ta'tilini olmang."
Bobolar bu tavsiyalarni juda jiddiy qabul qilishgan. Ular vijdonan mehnat qilishgan. Fidokorona. Bor kuchidan foydalanib. Hech qanday shikoyatlarsiz. Ular shamollab qolsa ham, bellari og'risa ham, shartnomada aytilgani kabi ishlayverganlar. Ular topgan har bir pfennigini to’plab qo’yishgan (o’shanda pul birligi pfenniglar edi, hali yevro kirib kelmagan edi). Ular oilaga yaxshi hayot kechirish imkoniyatini taqdim etish va orzulariga erishish uchun shunday qilishgan edi. Shu bilan birga, Germaniya ishchilarga, hech bo’lmaganda bobolarimga hech qanday til kurslariga borish uchun pul to’lab bermagan. Zavodlarda tarjimonlar bo’lgan, ular boshliqlarning ish ko'rsatmalari va buyruqlarini tarjima qilib turganlar. Nemis tilini o'rganishga uchun mablag’ sarflash bobolarimga ortiqcha xarajat bo'lib tuyulgan. Chunki, ular Germaniyada uzoq vaqt qolishni rejalashtirishmagan edi.

Ular bu yerga pul sarflash uchun emas, balki pul topish va ishlab topilgan pullarni keyinchalik Turkiyada yaxshiroq yashash maqsadida sarflash uchun kelishgan.
Biroz vaqt o'tgach, bobolarim xotinlarini Germaniyaga olib kelib uchun jo’natilgan. Ayollari esa farzandlarini o'zlari bilan olib kelishgan. Bu farzandlar mening onam va dadam edi. O'shanda ular ikki yoshga kirgandi.

@Erkin_Hasan
13.6K viewsedited  04:37
Ochish/sharhlash
2021-12-26 21:17:05 Ўзбекистон Республикаси Туризм ва спорт вазирлиги ҳамда Ўзбекистон Миллий паралимпия қўмитаси томонидан 2021 йилнинг энг яхшиларини аниқлаш учун сўровнома ташкил этади.

Сўровнома 27 декабр соат 20:00га қадар ўтказилади ва сўровнома ғолиблари аниқланади.

Сўровномада иштирок этинг ва ўзингиз ёқтирган номзодларга овоз беринг.

Каналимизга обуна бўлинг:
@Paralympicuz
6.3K views18:17
Ochish/sharhlash
2021-12-26 20:01:53
Bunchalar go'zalsan APL

4ta o'yinda 22ta gol

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.3K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2021-12-26 11:29:38 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Levandovski Chempionlar ligasi favoritlari haqida: "Liverpul", "Man.Siti", "PSJ", "Real", "Chelsi" va biz. Bu klublar qolganlardan oldinda"

Gvardiola FourFourTwo nashri tomonidan 2021-yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Anchelotti: "Luka Modrich, Toni Kroos va Kazemiro birgalikda maydonda harakat qilishsa, hech kim ularga bas kela olmaydi"

Dennis Bergkamp Premyer liga tarixidagi eng yaxshi niderlandiyalik futbolchi deb e'tirof etildi

"Barselona" joriy mavsum 21 yoshga to'lmagan futbolchilariga 4975 daqiqa maydonda o'ynashiga imkon bergan. Bu Yevropada eng yuqori ko'rsatkich

"Man.Siti" Torres transferidan tushadigan pulni Holand transferiga sarflaydi [Goal]

Shomurodov 2021-yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchi deb e'tirof etildi

Jerrardda kovid aniqlandi. U "Chelsi"ga qarshi bahsda "Aston Villa"ga murabbiylik qila olmaydi

"Liverpul" "Vilyarreal" futbolchisi Danjumaga qiziqish bildirmoqda [Fabritsio Romano]

"Borussiya D" direktori: "Bavariya"ga qarayverishni to'xtatish kerak. Bizning maqsad Chempionlar ligasiga chiqish. Klublar o'rtasida moliyaviy tomondan farq juda katta"

Agar Insinye "Napoli" bilan kelisha olmasa, "Bavariya", "Tottenhem" yoki "Inter" uni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishi mumkin [Tutto Napoli]

Konte: "Koronavirus Angliyada o'ta yuqori darajaga ko'tarildi. Chempionatni to'xtatish kerak edi"

"Yuventus" va Dibala o'rtasidagi shartnomani uzaytirish borasidagi kelish to'xtagan. Tomonlar yanvarda yana bir bor kelishishga urinib ko'rishadi [Corriere dello Sport]

Chalxanoglu: "Milan"dan ketishimga sabablar ko'p edi. Klub buni tushintirib berishni istamadi. Shu tufayli vaziyatni qo'limga olishimga to'g'ri keldi"

Levandovski WhoScored nashri tomonidan 2021-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Keyingi pog'onalarni Salah, Mbappe va Benzema egallagan

Ronalduning 2021-yildagi 33ta goli uning jamoasi yutqizayotgan yoki durang natija qayd etayotgan paytida kiritilgan

"Barsa" Demirni sotib olmaydi. Futbolchi yanvarda "Rapid" klubiga qaytadi [Nikolo Skira]

"Atalanta" "Sassuolo"dan Bogani sotib oladi. Transfer qiymati 22 mln yevro bo'ladi [Fabritsio Romano]

"Man.Siti"ning Keynga bo'lgan qiziqishi yo'qolmagan. Gvardiola uni jamoasi uchun ideal futbolchi sifatida ko'rmoqda [The Athletic]

Grilish: "Angliya 2022-yilgi mundialda zafar qucha oladi. Yevrodagi o'yinimiz bizga ishonch va yaxshi imkoniyat beradi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
13.0K views08:29
Ochish/sharhlash
2021-12-25 18:16:02 Siz ko'rmagan bo'lishingiz mumkin bo'lgan ayrim hikoyalarni youtube kanalimga ham joylab kelmoqdaman

Nani hikoyasini ham yaqin kunlarda youtubedagi kanalimga joylaymiz.

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.1K views15:16
Ochish/sharhlash
2021-12-25 17:57:48
Yaqinda yana bir futbolchining hikoyasini tarjima qilmoqchiman. 3ta variant bor. Qaysi birini birinchi bo'lib o'qigan bo'lardingiz ?
Anonymous Poll
27%
Aaron Van-Bissaka
33%
Kepa Arrisabalaga
20%
Antonio Ryudiger
20%
Farqi yo'q
5.6K voters9.8K views14:57
Ochish/sharhlash