Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.34K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 130

2021-12-25 13:50:33
Eldor Shomurodov 2021-yilning "eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.

Eldor kichik farq bilan Jaloliddin Masharipovni ortda qoldirdi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
12.2K views10:50
Ochish/sharhlash
2021-12-25 12:05:44 Одил Аҳмедов Ўзбекистон футбол ассоциацияси вице-президенти этиб сайланди.

@tolipovuz
11.0K views09:05
Ochish/sharhlash
2021-12-25 11:45:30 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Arsenal" Sakaga yangi shartnoma taklif qiladi [Goal]

"Yuventus" Morataning transfer huquqini sotib olmaydi [Goal]

"Bavariya" qishda "Lids"dan Rafinyani sotib oladi [TNT Sports]

"Real" futbolchilari kovidga manfiy test topshirishdi. Faqat Asensioda kasallik aniqlangan [Marca]

Yoahim Lyovga "Fenerbaxche" jamoasidan taklif bo'ldi [Nikolo Skira]

Lyuk de Yong qishda "Kadis"ga o'tishni istamadi. Kataloniyaliklar undan tezroq qutilmoqchi [Sport]

"Milan" va "Arsenal" "Lill"dan ketishi kutilayotgan Sansheshga qiziqish bildirishmoqda [Nikolo Skira]

"Man.Yunayted" va Elanga shartnomani 2026-yilga qadar uzaytirishdi

Errera Neymar haqida: "U Messi va Ronaldu davrida yashamoqda. Ular ko'pchilikni Chempionlar ligasini yutaverib boshqalarga imkon qoldirishmadi"

Shkrinyar "Liverpul" haqida: "Inter" ularga muammo tug'dira oladi. Ayniqsa "San-Siro"da"

Viyera: "Afrika Millatlar Kubogi huddi Yevro singari muhim. Unga hurmat bilan yondashish kerak"

Kan Holand haqida: "Bizda Levandovski bor. U uzoq yillar bizga kamida 30-40ta gol olib keladi"

"Yuventus" sotib olish sharti bilan Skamakkani ijaraga olishi mumkin [La Gazzetta dello Sport]

Salah APLda eng katta maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin [ESPN]

"Barselona" maoshi tufayli De Ligtni sotib olmaydi [Diario Sport]

"Milan" 2021-yil A Seriyaning 32ta safar o'yinida g'alaba qozondi. Faqat "Napoli" 2016-yilda bundan yaxshiroq natija (33) qayd eta olgan

"PSJ" Messining 1 million libosini sotishga ulgurdi. U parijliklar safiga o'tgach klub liboslariga bo'lgan talab 30-40 foizga o'sgan

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
13.1K views08:45
Ochish/sharhlash
2021-12-24 18:22:15
O'z vaqtida Nanining APLdagi statisikasi Ronaldunikidan ham yaxshiroq edi.

Ammo Krishtianu Nanidan ham mehnatkashroq bo'lib chiqdi. Luish hozirda MLSda "Orlando Siti" jamoasida faoliyatini davom ettirmoqda.

Yuqoridagi rasmda Nani va Ronalduning APLda dastlabki 100ta bahsda qayd etgan statistikasi ko'rsatilgan

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.4K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2021-12-24 18:09:17 Luish Nani... (So'nggi qism)

Agar siz menga hali ham ishonmagan bo’lsangiz. Sizlarga aytishim mumkin bo’lgan yana bir hikoya bor. So’nggi hikoya...

12 yoshlik paytimda men do’stim Sabino bilan Mustafo murabbiyligida bir jamoada o’ynar edik. Uning nomi "Bairro 6 de Maio" edi. Biz raqib maydoniga kelganimizda avtomat ko’tarib olgan politsiya xodimlari bizni tintuv qilishgandi. Raqib jamoa futbolchilari esa bizdan 2-3 yoshga katta edi.

O’yin boshlanganidan keyin ular bizni qo'rqitish uchun baqira boshlashdi. “Anavini oyog’iga tep. Qattiqroq o’yna!”. Maydon tashqaridagilar ham bizga bosim qilishardi. Qo’rqib ketgandim. Barchamiz qo’rquvda edik. Ular esa ketma-ket gollar urishardi. Tanaffusda hisob 9:2 ko’rinishiga keldi.

Tanaffusda o’zaro suhbatlashdik va bir birimizni tanqid qildik.
“Ko’proq yugurishimiz kerak!”
“Hoy nega qo’rqyapsan ?”


Keyin esa Mustafo shunday degandi: “Yigitlar, tinchlaning. Biz bu o’yinni yutamiz. Shunchaki o’yindan rohatlaning”

Biz chuqur nafas oldik. Keyin esa u Sabino va menga qarab shunday dedi: “Sabino, Luish, biroz tanaffus qiling. Keyin yana maydonga qaytasiz"

Ikkinchi taym boshlanganidan so’ng biz yaxshiroq o’ynay boshladik. Endi kamroq asabiylashardik. Mustafoning nutqi ish berdi. Sabino va men maydonga tushganimizdan so’ng gol urdik. Keyin yana bitta gol. Kutilmaganda muhit o’zgara boshladi. Qo’rquvimiz yo’qoldi. Biz endi turli xil texnik harakatlar va fintlar qila boshladik. Stadion chetidagi insonlar bir birlariga qarab shunday deyishardi: “Ox, Xudoyim, sen buni ko’rdingmi ? Ajoyib yigitlar ekan!”. Muxlislar endi bizni ko’proq qo’llab-quvvatlay boshlashdi. Biz o'yinda to'liq ustunlik qila boshladik. Tumandagi ayrim qizlar bizga suv berishga o’tishdi. Aynan o’sha vaqtda endi bizni yengib bo’lmasligini his etdik. Yakunda 16-12 hisobida g’alaba qozondik.

Odamlar o’yin yakunlanganidan keyin stadionga yugurib chiqishdi, ular aqldan ozishgandi. “Ox! Ox! Bu ajoyib bolalar ekan. Aql bovar qilmaydi!”

Keyin esa bir qiz yonimga keldi va ruchka bilan qog’oz uzatdi.

Men esa unga qarab: “Buni nima qilaman ?” deb o'ylanib qoldim.
“Qo’l qo’y, qog'ozga qo’lingni qo’y” – dedi Mustafo.
Men nima yozishga xayron edim.
“O’z ismingni yoz!” – dedi murabbiyim.

Shunday ham qildim. Keyin esa Musftafo meni quchoqladi va menga shunday dedi: “Omadli qiz ekan. Bir necha yillardan keyin bu dastxatni katta pulga sotsa bo’ladi”. Lekin Mustafo adashgan edi. Chunki men u yerga Luish deb yozgandim.

Luish Nani intervyusidan olindi.

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism
5-qism
6-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.5K views15:09
Ochish/sharhlash
2021-12-24 17:51:12 Luish Nani... (6-qism)

Dastlab “Manchester Yunayted”dagi mashg’ulotlar qo’rqinchlidek tuyular edi. Chunki daraja juda yuqorida edi. Shu tufayli tezroq moslashishim kerakligini bilardim. Qashshoqlikda yashagan paytimizda ham bir kun harakat qilmasak och qolar edik. Manchesterdagi mashg’ulotlarda o’zingni ko’rsatmasang tamom edi.

Yuqorida aytganimdek, bolaligimdan hozirgi kungacha tangri menga juda yaxshi insonlarni uchrashtirdi. Ser Aleks ham men uchun otadek edi. Rio Ferdinand va Rayan Giggz ham yaxshi maslahatlar berishardi. Men shuningdek, Valensiya, Fabio va Rafael, Krishtianu, Andresen va yana ko’plab do’stlar orttirdim. Lekin men ko’proq dardimni Patris Evraga ayta olardim. U menga akadek edi.

Shunday bir davr bo’lgandi. O’yinim umuman chiqmayotan edi. Muxlislar ham mendan norozi edi. Ser Aleks ham xursand emasdi. O’zimdan juda ham jahlim chiqib yurgan paytlar. Shu tufayli Petning yoniga bordim. U jakuzida mushaklarini tiklash jarayonini o’tkazayotgandi. “Pat, nega qilgan mehnatlarim o’zini oqlamayapti ? Nega hakamlar doimo menga qarshi ?” – deya yig’lab yubordim. Birozdan so’ng o’zimga kelib unga shunday dedim: “Men hammasini o’zgartiraman. Men kuchliman. Men buni isbotlayman!”
Pat esa o’tirgancha meni tinglardi. Keyin u o’rnidan turib meni quchoqladi va shunday dedi: “Men bilaman. Muxlislar seni yaxshi ko’rib qolishadi. Yaqinda sen yana gollar ura boshlaysan. Nani, sen men ko’rgan eng yaxshi futbolchilardan birisan. Shubhasiz”.

Oradan taxminan bir hafta o’tgach men “Chelsi” darvozasiga ajoyib gol urdim. Kutilmaganda o’zimning eng yaxshi o’yinimni ko’rsata boshladim. Hamma mendan xursand edi. O’yindan so’ng Pat yonimga kelib meni ko’zlarimga qarab shunday degandi: “Bu meni bolam!”. Bu ajoyib lahza edi.

Pat tangri menga ro’baro qilgan yana bir ajoyib inson edi. Men doim tinimsiz mehnat, qachondir o’z samarasini berishini bilar edim. Ammo ba’zida o’zingizni ruhan kuchsiz his etasiz. Shunday paytda sizni to’g’ri yo’lga qaytara oladigan inson kerak bo’ladi. O’z tuyg’ularingizni yashirmay ayta oladigan inson.

Hozirda men o’z emotsiyalarimni yashirmayman. Agar hafa bo’lsam buni yashirmayman. Men qanday bo’lsam shundayligimcha ko’rinishni istayman. Ba’zida qiyinchilik ko’rib keyin boyib ketgan insonlar boshqa insonga aylanib qolishadi va yo’ldan adashishadi. Ammo men o’zimga doim shunday deyman: “Agar sen qayerdan kelganingni esdan chiqarsang, demak tamomsan!”.

Shunday ekan, men qaysidir ma’noda hamon o’sha kalamushlar bilan va kalta kesaklar bilan birga katta bo’lgan, mashg’ulotga 7 yoshida, qora tufli va eski tugmali ko’ylakda kelgan bolakayman. Men o’sha yoshligida eshiklarni taqqilatib ovqat so’rab yurgan bolaman. Ammo Xudodan fantastika faoliyatim uchun doimo minnatdor bo’lganman. Bu uzoq yo’l edi va uning barchasini Tangrining o’zi rejalashtirib qo’ygan edi. Bularning barchasini tasodifga yo'yish qiyin, chunki juda ko’p voqealar bir birga bunchalik mos kelishi mumkin emas.

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism
5-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.8K viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash
2021-12-24 14:52:14 Luish Nani hikoyasi... (5-qism)

Bu mavsum oldi o’yinlar payti edi. Shu tufayli endi men ikki jamoada ham bir vaqtda shug’ullana olmasdim. Balki, “Benfika”ni tanlashim kerak bo’lgandir, chunki ular menga rad javobini berishmagandi. Ammo men “Sporting”ni tanladim. Chunki u yerdagi murabbiyni yaxshi tanir edim va u yerda do’stlarim ham ko’proq edi. Shu tufayli men Sportingga bordim va u yerda mavsum oldi o’yinlarni yaxshi o’tkazdim. Hatto murabbiy meni olqishlagandi. “Nani, men doim sen bizni tanlashingni bilar edim”, - degandi u.

Shu tariqa, mening moliyaviy muammolarim yechildi. Hattoki Kabo-Verdega borib keldim va otam qayta olmaganiga sabab, uning hujjatlarda bo’lganini tushundim. Shu tufayli, u Portugaliyaga, uyimi Amadoraga qayta olmagan ekan. Men u yerdagi ayrim insonlar bilan tanishib otam xohlagan paytida meni ko’rishga borishi uchun ruxsat olib berdim. Bu meni hayotimdagi eng katta ish desa ham bo’ladi. Biroq menda muammolar yetarlicha edi. Superyulduzga aylanishim uchun men juda nimjon edim.

To’g’risi men o’sha paytda 20 kglik toshni ham ko’tara olmasdim. Shu tufayli qolgan ikki yilimni men sportzalda o’tkazdim. Men kuchli va ko’nikmalari bor hujumchiga aylandim. 2005-yilda esa birinchi jamoaga o’tdim. Shundan so’ng, ko’plab nashrlar meni dunyoning bir qator nomdor jamoalariga o’tishim haqida mish-mishlar chiqara boshlashdi. “Man.Yunayted”ni ko’p ham esga olishmasdi. Ammo agentim Jorje Mendesh menga qiziqayotgan klublarni barchasini nomini yozib, so’ngra shunday degandi: “Mazkur klublar orasida eng yaxshisi – mana bu”. U “Manchester Yunayted”ga ishora qilgandi.

Keyinroq ser Aleks bilan suhbatlashdim. U huddi Krishtianu singari meni ham kashf etmoqchi ekanini aytdi. Shu tariqa, men Manchesterda uy qidira boshladim. Ammo agentim Jorje menga bir taklif berdi. “Krishtianu bilan birga yashashga qarshi emasmisan ?”. Jorje Krishtianuning ham agenti edi. Ronaldu esa uyda bir o’zi yashardi. Shu tufayli men “Man.Yunayted”ga yangi kelgan Anderson bilan birgalikda u yerga ko’chib o’tdik.

Bu ajoyib damlar edi. Biz barchamiz yosh edik va bir tilde suhbatlashar edik. Krishtianu uyida basseyn, stol tennis, tennis korti ham bor edi va biz ularning barchasida raqobatlashar edik. Kunlardan bir kuni ser Aleks yordamchisi Karlush Keyrush bilan bir so’rovnoma o’tkazdik. Men o’zimning javobimni aytdim, Krishtianu esa o’zinikini, va men javobim to’g’ri ekanini bilar edim. Ammo Keyrush nima qilganini bilasizmi ? U javoblarni o’zgartirishga urundi va Krishtianu haq bo’lib chiqishi uchun ishonch hosil qilmoqchi bo’ldi. Hahaha!!

Krishtianu bilan doim shunday edi. U hech qachon mag’lubiyatni qabul qila olmasdi. Hech qachon! Ammo bizga uning bu harakteri yoqar edi va biz ham undan ko’p narsani o’rgangandik. Andersen bilan alohida uyga ko’chib o’tayotganimizda bizda ham mag’lubiyatga allergiya paydo bo’lib ulgurgandi!

Davomi bor...
Nasib qilsa kechga oxirgi ikkita qism tayyor bo'ladi...

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.7K viewsedited  11:52
Ochish/sharhlash
2021-12-24 14:39:44 Luish Nani hikoyasi... (4-qism)

Vaqt o’tgani sari mening o’yinim shunchalik darajada o’sdiki, meni katta klublar bilan bog’lay boshlashdi. “Sporting seni xohlamoqda”, “Benfika senga qiziqmoqda”. Ular bu haqida har yili gapirishar edi. Lekin hech nima sodir bo’lmadi. Keyin esa 2003-yilda, men 16 yoshlik paytimda bir do’stim menga shunday dedi: “Nani, yaqin orada sen klubingni o’zgartirishing kerak. Lekin men hech qachon “Sporting” yoki “Benfika” 17 yoshga to’lmagan futbolchini tarkibiga qo’shib olganini ko’rmaganman”.

U haq edi. O’sha yili men “Real Massama”da fantastik mavsumni o’tkazdim va 22ta gol urdim. Mavsumning oxirgi o’yinidan oldin bir tanish murabbiy meni “Benfika”da mashg’ulot o’tkazishimga ko’maklashdi. O’sha mashg’ulotdan so’ng “Benfika”dagi murabbiylardan biri menga shunday dedi: “Nani, “Real Massama”dagi murabbiyinga ayt, yakshanba kuni u seni maydonga tushirsin. “Benfika”dan seni o’yiningni tomosha qilish uchun bir inson ushbu bahsga tashrif buyuradi”.

Rosti juda hayajonlangan edim. Lekin muammo shunda ediki, biz chempionlikni qo’lga kiritib ulgurgandik va murabbiyim bu bahsda yetarlicha o’yin amaliyotiga ega bo’lmaganlarga imkon bermoqchi edi. Shu sababli ham men unga shunday dedim: “Iltimos!! Men maydonga tushishim kerak!!”
U ajablangacha: “Nimaga ? Biz chempionlikni yutib bo’lganmizku…”
Men unga javoban: “Bilaman, ammo “Benfika”dan kimdir meni qanday o’ynashimni ko’rmoqchi ekan!”
U o’ylay boshlashdi.
“Iltimos! Iltimos! Iltomos!”
U oxiri shunday javob qildi: “Yaxshi! Faqat o’yinning birinchi bo’limida o’ynaysan va tamom!”

Shu tariqa o’yin boshlandi va men juda hayajonda edim. Hech qaysi harakatim muvaffaqiyatli chiqmasdi. Lekin tanaffusga 3 daqiqa qolganida men maydon markazida to’pni qabul qildim. Ularni barchasini aldab o’tdim va darvozabon oldida raqs tushib gol urdim. Tribunadagi muxlislar qarsak chalib yuborishdi. Men esa shunday o’ylardim: “Balki, shu gol meni qutqarib qolar”.
O’yindan keyin jamoamizning rahbari yonimga kelib menga shunday dedi: “Bilasanmi, Nani… bugun “Benfika”dan hech kim kelmadi”.
Men esa: “Nima?!”

U hazillashmayotgan edi. Men hayratta edim. Yig’lab yuborishimga ozgina qolgandi. Meni hatto ishtaham ham yo’qoldi. Lekin oradan bir necha kun o’tib u meni yonimga bir xat bilan tashrif buyurdi. Syurpriiiiz. Bu “Sporting” jamoasi bilan birga ikki hafta mashg’ulot o’tkazishim uchun taklifnoma edi. Men Xudoga rahmat aytdim.
Azaldan kimdir menga g’amxo’rlik qilayotgandek tuyular edi. Xuddi Tangri meni kuzatayotgandek. Hattoki men eng quyi tabaqada yashagan paytlarimda ham u meni himoya qilayotgandek tuyulardi.

2003-yilning bahor fasli yakunigacha men “Sporting”da mashg’ulot o’tkazdim. Ammo men “Benfika”da ham mashg’ulotlarga borib turardim. Chunki u yerdagi murabbiy meni yana mashg’ulotlarga kelishim mumkinligini aytgan edi. Bu biroz g’alati edi. Dushanba kuni “Sporting”da, chorshanba va payshanba kunlari “Benfika”da mashg’ulot o’tkazardim.
Yoz yakunlanay deb qolgan bir paytda men Sportingdan xat oldim. Unda shunday yozilgandi: “Ertaga soat 10:00da uchrashamiz”. Ammo shu kuni men “Benfika”dan ham xuddi shunday maktub oldim. U yerda ham soat 10da uchrashishimiz kerakligi yozilgandi.
“Ha, yaxshi” – deb ularning ikkalasiga ham javob yozib yubordim.

Davomi bor...

1-qism
2-qism
3-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.9K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash
2021-12-24 08:34:00
Luish Nanini eslay olmaganlar uchun uning "Man.Yunayted"dagi eng chiroyli 10ta gol videosi

Uning saltolarini sog'inganlar uchun maxsus

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
17.0K views05:34
Ochish/sharhlash
2021-12-24 07:12:43 Luish Nani hikoyasi.. (3-qism)

Tangri hayotim davomida menga to’g’ri insonlarni ham ro’baro qildi. Ulardan birinchisi Sabino, mening eng yaqin do’stim. Aynan u meni 7 yoshlik paytimda mashg’ulotga taklif qilgan. Esimda, men uyga mashg’ulot uchun qo’shimcha kiyim olgani borgan edim va o’zim bilan eski shorti, jinsi, ko’ylak va oqshomda kiyish uchun poyabzal olgan edim. Ko’chaga chiqqanimdan so’ng yomg’ir quyib yubordi. Sabino meni poyezdga o’tirishimni aytgandi, ammo menda chipta uchun pul yo’q edi. Shu sababli u yerga yugurib yetib olishimga to’g’ri kelgandi. Stadionga yetib borganimdan so’ng eski kiyimlarimni kiyib maydonga tushayotganimda, boshqa bolalar menga qarab shunday deyishardi: “Haahahaaa! Anaviga qara! U ustiga nima kiyib olgan?”

O’yin boshlandi. Yomg’ridan keyin maydon juda yomon holatda edi. Ammo men uchun bu muammo emasdi. Bir necha o’yinchini aldab o’tdim va BUM! Gol. Keyin esa uzoq masofadan zarba yo’llab ko'rdim. BUM! Yana bitta gol. Birozdan so’ng murabbiy meni qo’limdan ushlab oldi va shunday dedi: “Xoy, sen! Menga qara. Kimsan ? Bu yerga qanday qilib kelib qolding ?”
Men esa unga: “Yugurib keldim”
U bosh chayqab dedi: “Ertaga ham shu yerga kel bolakay. Biz senga o’zinga munosib ustibosh beramiz”.

Tangri hayotimda menga uchrashtirgan yana bir inson Mustafo edi. Esingizda bo’lsa biroz avval Santa-Filomena, qiynalgan insonlar uchun davlat tomonidan qurilgan kompleks haqida aytgan edim. U bilan aynan o’sha yerda tanishganman. U Afrikalik bir qariya edi. Bizning o’yinimizni o’z uyidan tomosha qilib turardi va ba’zida bizni yonimizga kelib aslida qanday harakat qilish kerakligini ko’rsatib berardi. U menga shunday derdi: “Yo’q! Sen uni mana bunday qilib aldab o’tishing kerak!”
Ko’pchilik bolalarga u yoqmasdi va ular Mustafoni ko’rishsa: “O, yo’q, faqat shu qariya emas” – deyishardi. Lekin men Mustafodan ko’p narsalarni o’rgangim kelardi. U meni hech qachon Nani deb chaqirmasdi. Menga Luis deb murojat qilardi. Nani laqabini opalarimdan biri o’ylab topgan. Ular bu yoqimli eshitilishini aytishardi.
Oxir oqibat u mazkur bolalardan bir jamoa to’pladi va qo’shni jamoalar bilan o’yinlar tashkil eta boshladi. Biz Santa-Filomena tumanidagi bolalarga qarshi o’ynar edik. Esimda, ular juda zo’r o’ynashardi. Yaxshiyamki akam Paulo meni ko’chada qanday qilib o’zimga javob bera olishga o’rgatgan edi. U juda katta edi. Rostan ham u meni hafa qilgan bolalarni ko’pchilikni yig’latgan. U men bilan ham jiddiy suhbatlashardi. Agar biror narsada xatoga yo’l qo’ysam meni urardi ham. Ammo akamsiz men bu darajaga yeta olmasdim. U tufayli ham men ko’pchilik yomon ishlardan yiroq yurardim. Qiziq tomoni, uning o’zi bu yomon yo’ldan o’zini qaytara olmasdi. 10 yoshga to’lganimdan so’ng meni tengqurlarim sigaret chekishni boshlab yuborishgandi. Ammo men unday qilmadim. Men “Real Massama” jamoasida o’ynay boshladim. Mazkur jamoa ham men uchun Xudoning marhamati desam bo’ladi. Avvallari men mashg’ulotlarga poyezdda borardim. Ammo chiptaga pulim yo’q edi. Shu tufayli inspektorlar meni ushlab olishganidan so’ng har safar: “Boshqa bunday qilma, bolakay” – deyishardi.
Men shunday deb javob berardim: “Yaxshi, boshqa qilmayman”. Ammo ertasi kuni yana shu takrorlanardi.
Biroq murabbiylarim bunda xabar topishgach menga chipta uchun pul ajrata boshlashdi. Ular uyda kam ovqat yeyishimni bilib meni ovqatlantirishar ham edi. Ayrim jamoadoshlarim esa menga o’z kiyimini berar va ba’zida o’z uyida yashab turishimga ham ijozat berishardi.
Baxtimga bir necha yil o’tib oilam kalamushlar bilan to’la uyni tark etdi. Ammo endi menga qayerda yashashimni farqi yo’q edi. Meni hayotim futbol bo’lib qolgandi.
Men hayolan manashu loy maydonda yashar edim.
Men unga juda bog’lanib qolgandim. Har kuni soat yettida uyg’onib yugurishga chiqardim. Yomg’ir, qor bo’lishiga qaramay. Mustafo men haqimda qolganlarga shunday derdi: “Bu bolakay Lui. U yemaydi, ichmaydi. Unga faqat mashg’ulot bo’lsa bo’ldi. Boshqa narsa uni qiziqtirmaydi”

Davomi bor...

1-qism
2-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
18.4K viewsedited  04:12
Ochish/sharhlash