Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.34K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 126

2022-01-12 12:27:15 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Xavi: "Real" balki hozir Ispaniyadagi eng yaxshi jamoadir. Ammo biz ularga muammo tug'dira olamiz"

Mahrez dekabr oyida "Man.Siti"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Buskets "Real"ga qarshi g'alabasiz seriya haqida: "O'yin boshlanishi bilan bu esimizdan chiqadi"

Ferran Torres klub ro'yxatidan o'tdi va 19-raqamni oldi

Neymar "Real"ga qarshi bahsga qadar safga qaytishi ishonmoqda [L'Equipe]

Kante va Tyago Silva koronavirusdan halos bo'lishdi

"Roma" "Portu"dan 13,5 mln yevro evaziga Oliveyrani sotib olishi mumkin [Di Martsio]

Kolashinats "Marsel"ga o'tish uchun "Arsenal" bilan shartnomani buzishi mumkin [Rayan Teylor]

"Yuventus" Dibalaning maoshini oshirmaydi. Futbolchiga avvalgi narxdagi maosh taklif etiladi [La Gazzetta dello Sport]

Shesniy kovid yuqtirib olgani sababli "Inter"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi [Alfredo Pedulla]

"Tottenhem" Lingardning yozdagi transferi bo'yicha muzokara o'tkazmoqda [BBC]

Allegri "Inter" bilan Superkubok uchun bahsdan oldin: "Yuve" yutishi kerak. Biz avvalgiga nisbatan kuchliroqmiz"

Inzagi "Yuve"ga qarshi bahs oldidan: "Ular finallarda katta tajribaga ega. Ammo bu o'yinda favorit yo'q. "Inter" agressivroq o'ynashi kerak"

"Toronto" klubi Prezidenti Insinye transferi haqida: "Men Transfermaktga kirib italiyalik futbolchilardan kimning shartnomasi yakunlanishini ko'rib chiqdim"

Reshford bilan shartnomani uzaytirish "Man.Yunayted" klubining asosiy maqsadi [ESPN]

"Lion" Azmun uchun "Zenit"ga 6 mln yevro va qo'shimcha bonuslar taklif etmoqda [Ugo Giyme]

Desayi Benzema haqida: "U Ronaldu ketgach o'zini ko'rsata boshladi. Avvalroq u Ronalduga hizmat qilar edi"

Holandning maqsadi "Real", agarda bu amalga oshmasa "Barselona". Biroq uning rejasida "Man.Siti" yo'q [Di Martsio]

"Aston Villa" "Everton"dan Lyuka Dinni sotib olishga yaqin. Transfer 25 mln funtga baholanmoqda va El-Gazi "Everton"ga yo'l olishi kutilmoqda [BBC]

Kulibali "PSJ" qiziqishi haqida: "Takliflar ko'p bo'ldi. Ammo "Napoli" meni sotishni istamadi. Bu klub meni qanchalik qadrlashini anglatadi"

"Atletiko" Luis Suares bilan shartnomani uzaytirmaydi [COPE]

"Nyukasl" "Byonli" hujumchisi Kris Vud uchun futbolchining tovon puli ya'ni 28 mln yevro to'lashi mumkin [Nikolo Skira]

Koutinyo: "Jerrardga qoyil qolmoqdaman. U "Aston Villa"ning maqsadlari ulkan ekanini aytdi"

"Bavariya" Gnabri bilan shartnomani 2026-yilga qadar uzaytirishni mo'ljallamoqda. Futbolchi Koman singari jamoada 15-17 mln yevro atrofida maosh oladi [Nikolo Skira]

Kroos: "Faoliyatimni "Real"da yakunlashni istayman. Shartnomam yakunlanganda 33 yoshda bo'laman. Bu haqida o'ylash uchun yaxshi raqam"

“Barselona” Usmon Dembelega taklif qilgan shartnomadagi moliyaviy tomonlarni yaxshilamaydi. Klub futbolchi bu hafta javob berishini kutmoqda [Mundo Deportivo]

"Atletiko" Feliksni sotib uning o'rniga "Benfika" hujumchisi Darvin Nunyesni sotib olmoqchi [Jogo]

Kellini "Yuve" natijalari haqida: "Ronalduning ketishi bizga ta'sir qildi. U gollari bilan bizning muammolarimizni berkitib kelayotgan edi"

54 yoshli Miura Yaponiyganing 4-ligasida faoliyatini davom ettiradi. Futbolchi uchun bu 37-mavsumga aylanadi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
12.9K viewsedited  09:27
Ochish/sharhlash
2022-01-11 14:08:41 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Anchelotti Superkubok oldidan: "Real" so'nggi natijalaridan kelib chiqib favorit bo'lishi mumkin. Ammo bahs 0:0 hisobi bilan boshlanadi. Ikki jamoada ham imkoniyat bor"

Xavi: "Biz yaxshi formadamiz. Shu paytga qadar faqat "Bavariya" bizdan yaxshiroq o'ynadi. Qolganlar bilan raqobatlasha olamiz. Umid qilamanki, biz "Real"ni mag'lub etamiz va finalga chiqamiz"

"Yuve" yanvarda "Zenit"dan Azmunni tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Futbolchi ham bu transferga qarshi emas [Di Martsio]

Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatining dastlabki 10 yilida faqat 57ta bahsda yengilgan edi, ammo faoliyatining so'nggi 5 yilida uning mag'lubiyatlari soni 61taga yetib ulgurdi

"Yuventus" futbolchisi Kyezaning jarohati kutilganidek jiddiy bo'lib chiqdi. Italiyalik futbolchi "Roma" bilan bahsda hojsimon paylarini jarohatlab olgan va uning tiklanishiga taxminan 7-9 oy vaqt talab etiladi

Anyelli va Remzida kovid aniqlandi

Rangnik "Aston Villa" bilan bahsdan so'ng: "MYU" romb uslubida o'ynay boshlagach o'yinni ko'prq nazorat qilmoqda"

"Man.Yunayted" Ronalduning gollarisiz APLda 14-o'rinda borayotgan bo'lar edi va Chempionlar ligasida faqat 3 ochko to'plagan bo'lar edi

Koutinyo 15-yanvar kuni "Man.Yunayted"ga qarshi bahsda "Aston Villa" safidagi debyutini amalga oshiradi [Sky Sports]

Umtitining maoshi 10 foizgacha qisqartirildi. "Barselona" futbolchining maoshini 2026-yilga qadar to'lab beradi [Mundo Deportivo]

"PSJ" Mbappe bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashga urinib ko'radi [Canal Supporters]

Antonio Konte qishki transferlar oynasida "Tottenhem"ning 6 futbolchisini transferga qo'yadi. Murabbiy top darajadagi markaziy himoyachi va Adama Traoreni sotib olishni istamoqda [ESPN]

Shirer: "MYU" yaxshi o'ynagani yo'q. Ular ikkinchi bo'limda yanada yomon taassurot qoldirishdi"

"Galatasaroy" Fotih Terimni iste'foga chiqardi

Luka Modrich "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasini 2023-yilgacha uzaytiradi [Marca]

Noyer koronavirusdan halos bo'ldi va individual mashg'ulotlarni boshladi

"Barselona" "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Oskarga qiziqish bildirmoqda [TNT Sports]

Ferran Torres va Pedrining kovidga topshirgan test natijalari qoniqarli chiqdi. Ular Ispaniya Superkubogida jamoasiga yordam berishi mumkin

Iskoning otasi o'g'lini "Fiorentina"ga o'tayotganini rad etdi [As]

Kroos Mbappe va Holand haqida: "Ayni payt bozordagi eng qiziqarli futbochilar. "Real" doimo eng yaxshilar uchun kurashadi"

Brozovich "Inter" bilan yangi shartnomasiga ko'ra yiliga 7 mln maosh oladi [La Gazzetta dello Sport]

Breytueyt umum jamoa mashg'ulotlariga qaytdi u Superkubokda "Barsa"ga yordam berishi mumkin. Futbolchi avgustdan buyon maydonga tushmadi

Mbappe Benzema haqida: "Buyuk futbolchi. U "Real" tarixida o'chmas iz qoldirdi"

"Jenoa" Shevchenkoni iste'foga chiqarishi mumkin. Ukrainalik mutaxassis A Seriyada 9 o'yinda biror marta g'alaba qo'lga kirita olmadi [Telenord]

"Tottenhem" futbolchisi Bergveyn yanvarda "Ayaks"ga ko'chib o'tishi mumkin [Fabritsio Romano]

Saloh: "Oltin to'p"ni olmasam hafa bo'lmayman. Hayotimdagi barchasi narsa o'z o'rnida va barchasidan mamnunman"

Mourinyo murabbiylik faoliyatida davomida 1024 o'yindan buyon faqat ikkinchi marta 2ta to'p farqi bilan oldida bora turib mag'lubiyatga uchradi

Allegri yordamchisi "Roma" bilan 4:3 hisobi haqida: "Men bu o'yinda umrimning 5-6 yilini yo'qotdim"

"Chelsi" Emersonni "Lion"dan qaytarib olmasa, Serjinyo Destni klubga olib kelish harakatlarini boshlaydi [Fabritsio Romano]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
14.5K viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-01-10 11:53:14
Dam olish kunlari bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya chempionatlaridagi turnir jadvali, to'purarlar ro'yxati bilan tanishing.

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
15.1K views08:53
Ochish/sharhlash
2022-01-09 22:32:03
Turinliklar Rimga o't qo'ydi

"Roma" 3:4 "Yuventus"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
5.1K viewsedited  19:32
Ochish/sharhlash
2022-01-09 14:37:54
Yuqoridagi intervyuga asoslangan holda youtube kanalimga video tayyorladim. Tomosha qilishingiz mumkin






Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.4K viewsedited  11:37
Ochish/sharhlash
2022-01-08 18:48:39 Kevin de Bruyne hikoyasi (so'nggi qism)

Mavsum men uchun qiyin kechdi. Jarohatlar, o‘tkazib yuborilgan o‘yinlar, oson emas. O‘yinni tomoshabinlar qatorida tomosha qilish men uchun barcha qiynoqlardan ham og‘ir edi. Bunga chidashim qiyin.

Rafiqam ham buni tasdiqlaydi – uning aytishicha, mening aqlim joyida emas. Biz birga yetti yil yashadik va u hech qachon mening yig‘laganimni ko‘rmagan. Hatto ta’ziyalarda ham yig‘lamayman. Lekin “Fulhem” bilan o‘yinda tizzamdan jarohat olganimda, shifokorlar qanchadir vaqt maydonga tusha olmasligimni aytishdi. Hatto o‘z kiyimingni birovning yordamisiz kiya olmasliging qo’rqinchli. Og‘ir damlar edi. O‘sha paytlarda xotinim endigina ikkinchi farzandimizni dunyoga keltirgan edi.

U tug‘ruqxonadan endigina qaytgan edi. Unga qo‘ng‘iroq qildim va bu yangilikni aytmoqchi bo‘ldim.

“Bola qalay? Hammasi joyidami?”

“Hammasi yaxshi. Sen yig‘layapsanmi?”

O’ylashimcha, ko‘zimda yosh bor edi.

“Ha, menda yomon yangilik bor. Yana tizzam. Bir necha hafta maydonga tusha olmas ekanman. Xullas, endi uch bolaga o‘zing qarashingga to‘g‘ri keladi”

Shu gaplarni aytayotib, rostdan ham yig‘lab yubordim. Bu nima edi bilmayman, o‘g‘limiz tug‘ilgani uchunmi yoki maydonga tusha olmasligimmi... Balki ikkalasi uchun ham. Bilmadim, lekin telefon kamerasiga qarab ho‘ngrab o‘tirishim, rostdan ham kulgili chiqqan bo‘lsa kerak.

Xotinim ko‘zlariga ishonmasdi.

“Sen to‘yimiz kuni yig‘lamading. O‘g‘illaring tug‘ildi, yig‘lamading. Bir esa kechagina tug’ildi axir?!”

Nazarimda, bu bilan barchasini tushindingiz. To‘y, o‘lim, tug‘ilish? Hech narsa. Men qoyaman. Ammo mendan futbolni tortib olsangiz. Yo‘q, bunga chidolmayman.

Jannat. Futbol men uchun yerdagi jannat. O’ylashimcha men boshqalardan biroz farq qilaman. Chunki men asosan futbol orqali gapiraman. Bu esa mening hikoyam. Tinglaganingiz uchun rahmat.

Kevin De Bruynening ThePlayersTribune saytiga bergan intervyusidan tarjima.

Videoni yaqin kunlarda kanalga joylaymiz.

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism
5-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
7.8K viewsedited  15:48
Ochish/sharhlash
2022-01-08 18:44:44 Kevin de Bruyne hikoyasi (5-qism)

Yoʼq, desam, xuddi qoʼrqoqqa oʼxshab qolardim. Shu tufayli unga “Xoʼp, joʼnataver", dedim. Tasavvur qiling, oʼzimcha katta futbolchi boʼlmoqchiman, lekin bitta qizga sms joʼnatgani dadillik yetishmaydi. Baxtimga, sms ketdi va u menga javob berdi. Biz bir necha oy davomida yozishib yurdik va bir birimiz bilan yaqindan tanishdik. Odatda biror inson bilan uzoq vaqt gaplashsam keyin u bilan muloqotga kirishishim yengilroq bo’ladi. U hayotimni oʼzgartirib yubordi, ochigʼi, usiz qanday yashar edim, bilmayman.

Аfsuski, odamlar futbolchilarning rafiqalari haqida ancha yengil taassurotda boʼlishadi, ammo rafiqam hayotimdagi eng muhim insondir. U 19 yoshida mening orzularimni ruyobga chiqarish uchun men bilan ketgandi. Biz bu yo’lni birgalikda bosib o’tdik. U meni o’z qobig’imdan chiqishga o’rgatdi va mening bu injiqliklarimga bardosh bera oldi.

2015 yilgi transfer oynasi paytida biz ilk bor farzdanli bo’lishimizni bildik. “Manchester Siti”, “PSJ” va “Bavariya” menga qiziqayotgan edi. Biroq bu oilamiz uchun biroz asabiy davr edi. Biz ilk farzandini kutayotgan yosh oila edik va kelgusida qayerda yashashimiz haqida aniq bilmas, qayerga o’tishim ham mavhum edi. Shaxsan o’zim “Siti”ga o’tishni istardim. Men Vinni Kompani bilan yozishdim va u aytgan loyiha meni qiziqtirib qoldi. Klubga hurmatsizlik bo’lmasligi uchun buni aytmadim. Chunki men “Volfsbur”da ham baxtiyor edim. Shuning uchun faqat jimgina kutdim. Men uchun bu mushkul emas.

Uch hafta davomida agentim menga bir safar “Bo’ldi barchasi hal” desa, biroz o’tib “u qo’ng’riqoqqa javob bermayapti”, derdi.

Bular rafiqamga ta’sir qildi. Bir kuni ertalab u o‘zini juda yomon his qila boshladi. Nima qilishni bilmasdik. Balki homilaga biror narsa bo‘ldimi, deb qo‘rqa boshladik. Rafiqam og‘irlashdi, qon keta boshladi. Shubhasiz bu mening hayotimdagi eng yomon daqiqalar edi – kasalxonaga bordik, bolamizni yo‘qotdik, deb o‘ylay boshladik. Men palata eshigi tagida o‘tirar, qo‘limdan hech narsa kelmasdi. Shu o‘tirganda transfer haqida o‘ylay boshlaysan va hammasi ostin-ustun bo‘lib ketadi. Xayriyatki, bolamizga hech narsa qilmadi, hammasi yaxshi yakun topdi.

Oilamsiz qanday yashardim, bilmayman. Men bilan futbolda nima sodir bo‘lgan bo’lsa ham ularnning barchasi aslida, rafiqam va bolalarim bilan solishtirganda hech narsa.

O‘sha kun navbatdagi tub burilish nuqtasi bo‘ldi. Tushundimki, futbol hayot va mamot masalasi emas ekan. To rafiqamni uchratib, oila qurib, farzandlar ko‘rmagunimcha, 23 yil men shunday o‘ylab kelganman, lekin endi, hech qayerga yakka o‘zim borishim kerak emasligini tushundim. Oila – hamma narsa.

“Manchester Siti”ga o‘tganimdan keyin hammasi zo‘r bo‘lib ketdi. Ayniqsa, ikkinchi mavsumda Pep kelganidan so’ng.

Biz o‘xshash odamlarmiz. Rostini aytganda, u mendan battar futbol shaydosi. Biz – futbolchilar, o‘yin paytida juda kuchli ruhiy stressni boshdan kechiramiz, ammo o‘ylashimcha, Pep bizdan ikki barobar ko‘p siqilardi. Chunki unga faqat g‘alaba kifoya qilmasdi, unga doim mukammallik kerak edi.

U bilan ilk uchrashganimda u meni yoniga o‘tirishga taklif qildi va aytdi: “Kevin, meni tingla. Sen bemalol dunyoning eng yaxshi besh futbolchisidan biri bo‘lishing mumkin. Eng yaxshi beshtalik. Muammoasiz”.

Men shok holatida edim. Pep bu gaplarni shu qadar ishonch bilan aytdiki, mening o’zim haqimdagi fikrim o’zgarib ketdi. Menimcha, bu haqiqiy daholik. Chunki endi men uning haq ekanini isbotlashni xohlayotgandim.

Odatda futbolning katta qismi qo‘rquv va negativdan iborat. Ammo Pep bilan hammasi faqat ijobiy tus oladi. U o‘z oldiga erishish umuman ilojsiz bo‘lgan bir qator maqsadlar qo‘yadi. U taktika qiroli, to‘g‘ri, ammo ko‘pchilik uning qay darajada bosim ostida bo‘lishini, bu bosimni Pepning o‘z o‘ziga qo‘yib olishini, mukammallik yo‘lida qanday yashashini bilishmaydi.

Davomi bor...

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
7.8K views15:44
Ochish/sharhlash
2022-01-08 09:38:26 Kevin de Bruyne hikoyasi (4-qism)

Yigʼinlarda qatnashib yurgan paytimda kayfiyatim juda yaxshi edi. Mavsum boshidagi toʼrt oʼyinning ikkitasida asosiy tarkibda maydonga tushdim va menimcha yaxshi o’ynadim. To’g’ri balki u qadar zoʼr oʼynamagan boʼlishim mumkin, lekin yaxshi oʼynadim. Biroq toʼrtinchi oʼyindan keyin hammasi tugadi. Zaxiraga mixlandim va menga boshqa imkon taqdim etilmadi. Hech kim sababi nima ekanini tushuntirmadi ham.

Ha, oʼzimda ham xatolar boʼldi. АPL futbolchisi oʼzini bunday vaziyatlarda qanday tutishi kerakligini bilmasdim. Muxlislar koʼp narsani bilishmaydi, masalan, agar murabbiyning rejalarida boʼlmasang, mashgʼulotlarga zo'r berishning foydasi yo'q. Xuddi shu holatga hozir tushsam, menga muammo emas, oʼzim shugʼullanib ham, kerakli formani ushlab tura olaman. Аmmo 21 yoshligingda bu haqida bilmas ekansan. Angliya Kubogida "Suindon Taun"ga qarshi bahsda menga yana bir bor imkon berildi, ammo bu paytda formadan chiqib ketgan edim. Shu bilan hammasi tugadi.

Dekabrda Joze meni xonasiga chaqird. Bu hayotimdagi ikkinchi burilish nuqtasi edi. U oldiga bir qator qogʼozlarni qoʼyib olgandi va birini oʼqiy boshladi.

“Bitta assist. Gol yoʼq. Oʼnta jarohat”.

Bir daqiqadan so’ng uning nima qilayotganini angladim. Keyin u boshqalarning statistikalarini keltira boshladi. Villian, Oskar, Mata, Shyurrle... “Besh gol, 10 uzatma...” va yana bir nimalar…

Joze mendan bunga biror izoh berishimni kutayotgandi va men unga shunday dedim:

“Lekin… ularning ayrimlari 15, 20 oʼyinda qatnashishdi. Men esa bor yo’g’i uch oʼyinda maydonga tushdim. Demak, koʼrsatkichlar ham farq qilishi tabiiy”.

Bu biroz gʼalati bo’lgandi. Biz meni yana biror jamoaga ijaraga berish kerakligi haqida suhbatlashdik. O’sha vaqtlarda Mata ham uning rejalariga kirmasdi va Joze aytdiki, agar Mata sotilsa, men oltinchi emas, beshinchi tanlov boʼlarkanman.

Men unga rostini aytdim: “Klubga kerak emasligimni his qilib turibman. Men futbol oʼynamoqchiman. Meni boshqa biror jamoaga sotib yuborsangiz degandim”

Menimcha, Jozega bu yoqmadi, lekin nazarimda, u ham menga o’yin amaliyoti kerakligini tushunib turardi. Yakunda “Chelsi” meni sotishga qaror qildi va transfer borasida muammo tugʼilmadi. Londonliklar menga sarflangan puldan ikki barobar koʼproq pul olishdi. “Volfsburg”da esa men o’zimni juda yaxshi his eta boshladim.

U yerda hammasi oʼzgardi. Faqat futbol tomonlama emas. Yonimda endi boʼlajak rafiqam ham bor edi. Uning yordamida koʼp jihatdan shakllandim. Аytib bergani biroz uyalyapman, ammo u bilan qanday tanishganimiz ham qiziq. Mayli, hech narsani sir tutmaslikka vaʼda berganim uchun ham bu voqeani aytib beraman.To’g’risi bu biroz g’alati bo’lgandi.

Hammasi birgina tvitdan boshlandi. U paytda hali “Verder”da ijarada oʼynar, tvitterda ham bir necha ming folloverim bor edi, xolos. Oʼyin haqidami, boshqami, nimadir yozdim va bir chiroyli qiz “layk” bosdi. Yonimda oʼtirgan sherigim buni koʼrib qoldi va menga u qiz juda chiroyli ekanini va javob yozishim kerakligini ayta boshladi.

“Yoʼq, yoʼq. Men yoqimtoy emasman. Odamlar meni tushunmaydi. U qiz javob ham bermasa kerak” deb qoʼrqdim.

U telefonimni olib qoʼydi va oʼzicha bir nimalar deb yoza boshladi. Keyin esa menga telefonni ko’rsatib shunday dedi: "Nima qilay, joʼnataymi?"

Davomi bor...

1-qism
2-qism
3-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.9K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-01-07 21:37:56 Kevin de Bruyne hikoyasi (3-qism)

Esimda, bu gaplardan so’ng onam ko’z yosh to’kkandi, men esa toʼpni olib, koʼchaga, bir oʼzim toʼp tepadigan hovliga chiqib ketgandim.

Birgina soʼz mening qalbimga qattiq muhrlandi – “shunaqa bo’lganing uchun!”. Bu soʼzlar miyamda tinmay takrorlanardi.

Soatlab toʼp tepib, oʼzimga oʼzim aytardim: “Hammasi yaxshi boʼladi, ikki oy oʼtib men albatta birinchi jamoaga oʼtaman. Nima bo’lgan taqdirda ham uyga omadsiz sifatida qaytmayman. Nima boʼlsayam”.

Yozgi taʼtildan soʼng Genkka qaytdim. Toʼgʼrisi, u yerda hech kim emasdim. Аmmo mashgʼulotlarga zoʼr berdim. Qalbimda nimadir otash bo’lib yonar edi.

Hammasi oʼzgargan oʼsha kunni eslayman. Bu juma oqshomi edi. Oʼyinni zaxirada boshladim, ikkinchi boʼlimda maydonga tushganimda esa, jinni boʼlib qolgandim.

Birinchi gol!
“Ular seni boshqa istashmaydi!”

Ikkinchi gol.
“Haddan tashqari sokin ekansan”

Uchinchi gol.
“Xaraktering juda ogʼir”

Toʼrtinchi gol.
“Sen ularga kerak emassan”

Beshinchi gol.
“Shunaqa boʼlganing uchun”

Shu tariqa, bir boʼlimda beshta gol urdim. Shundan keyin klubdagi vaziyatim oʼzgardi. Rostan ham ikki oy oʼtmasdan, birinchi jamoaga oʼtdim. Bir necha kun ichida maqsadimga yetdim. Tabiiyki, klub ham uyimdagilarga, yangi xonadon uchun toʼlov qila olishini aytdim. Futbolda hammasi yaxshi boʼlgan paytda senga boʼlgan munosabati ham oʼzgarishini koʼrish, haqiqatan ham, juda qiziq.

Bir kuni klubda o’sha xonadondagi oilamni ko’rib qoldim, “ta’tildan keyin uchrashimiz” degan o’sha ayol go’yoki, barchasiga o’rtada yuzaga kelgan katta anglashilmovchilik sababligini aytdi. U menga shunday dedi: “Biz seni qaytarmoqchi bo’lgandik! Biz shunchaki bir necha haftaga dam olishga ketgandik. Xohlasang dam olish kuni biznikida qolishing mumkin”

Aslida bu qilgan ishim noto’g’ri bo’lganini bilaman. Lekin ular meni qattiq hafa qilishgandi. Shu tufayli men ularga shunday javob berdim: “U yerga yana qaytishimni xohlayapsizmi ? Yo’q. Siz meni ahlatga uloqtirdingiz. Hozir menda hammasi yaxshi”

To’g’risi men ularga rahmat aytishim kerak edi. Chunki bu voqea mening faoliyatim rivojiga katta ta’sir o’tkazdi. Biroq meni qurshab turgan qora bulutlar to’liq tarqalmadi. “Genk”ning yosh oʼyinchisi boʼlib yurganimda va hatto “Chelsi”ga oʼtgan paytlarimda ham, Belgiya matbuotida men haqimda salbiy fikrlar chiqishda davom etardi. Koʼpincha, oʼsha meni rad qilgan oilani eslashar va mening ogʼir xarakterli ekanimga urgʼu berishardi.

Bir tomoni haqiqat, men rostdan ham baʼzida maydonda ehtiroslarimni jilovlay olmayman. Oʼzimni bosib turib, birdaniga oʼzimni yoʼqotib qoʼyaman va odatda besh soniya oʼtib yana xotirjam tortaman. Aslida bunday asabiylashishlarimga sabab bitta – futbol oʼynashga bo’lgan katta xohish.

“Chelsi” tarkibida o’ynay boshlagan paytlarimda Joze Mourinyo bilan munosabatimiz haqida ko’p yozishardi. Qiziq tomoni aslida, u bilan faqat ikki marta gaplashganman, xolos.

Shu sababli asosiy maqsadim biror joyda ijarada o’ynash edi. 2012-yilda “Verder”ga oʼtdim. U yerda mavsumni juda yaxshi oʼtkazdim.

Yozda "Chelsi"ga qaytganimda, bir qator nemis klublari meni tarkibida ko’rishni istayotgan edi. Klopp meni “Borussiya”da koʼrishni xohlar edi, chunki ularning oʼyin uslubi menga juda mos tushardi. Shuning uchun men ham “Chelsi” balki meni qoʼyib yuborar deb o’ylar edim.

Keyin Mourinyo menga “Sen qolasan. Jamoamning bir boʼlagi boʼlishingni istayman”, deb xabar yubordi. Bu smsdan so’ng “Yaxshi. Demak, men uning rejalarida borman”, deb o’yladim.

Davomi bor...

1-qism
2-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
5.9K viewsedited  18:37
Ochish/sharhlash
2022-01-07 14:39:51 Kevin De Bruyne hikoyasi (2-qism)

Bu mening tabiatim. Ishonchim komil ayrim o’quvchilar menga shu savolni berishlari mumkin.

Bolaligimdan men sokin va uyalchang bola bo’lganman. Uyimizda Pleysteyshn yo’q edi. Yaqin do’stlarim ham ko’p emasdi. Men o’zimni faqat maydonda ko’rsatishga intilardim va bu meni qanoatlantirardi. Maydondan tashqarida esa men biroz odamovi edim. Og’zimdan biror so’z olish qiyin edi. Ammo maydonda qiziqqon edim. Bilaman, ko’pchilik ijtimoiy tarmoqlarda mening David Silvaga baland ovozda: “Meni gapirishimga imkon bering!” degan videoni ko’rib kulishi mumkin. Ammo mening yoshlik davrimdagi paytlar bilan taqqoslasak bu oddiy suhbat xolos.

Yoshlikda hamma ham adashishi mumkinligini tushunmas ekansan. Men o’z tajribamdan kelib chiqqan holda buni tushundim.

14 yoshlik paytimda men qabul qilgan qaror hayotimni rosmana o’zgartirib yubordi. Menda “Genk” akademiyasida mashg’ulot o’tkazish imkoniyati tug’ildi. Shu tufayli Belgiyaning boshqa bir qismiga mustaqil ko’chib o’tishga qaror qildim. Akademiya bizning uyimizdan 2 soat yo’l uzoqligida joylashgan bo’lsa ham ota-onamga uyerga bormoqchi ekanimni aytdim.

Muammo shundaki men o’z shahrimizdagilardan uyalar edim. Genkda esa men qolganlar uchun mamlakatning boshqa bir burchagidan kelgan yangi yigit edim. Aslida men yolg’iz yashash tarafdori emasdim, shu tufayli har haftaning yakshanba kuni oilam bilan uchrashish uchun o’z uyimga borardim. Akademiyada o’tgan bu ikki yil hayotim davomidagi eng og’ir yolg’izlik yillari edi.

Balki orangizda ayrim insonlarda shunday savol tug'ulishi mumkindir: “14 yoshingda bunday tavakkal qilish nega kerak ?”

Sizlarga aytishim mumkin bo’lgan yagona javobim shuki – men futbol o’ynaganimda barchasini unutardim. Barcha yoqimsiz tuyg’ular yo’q bo’lib ketardi. Men unga bog’lanib qolgandim. Sodda qilib aytganda bu mening hayotim edi.

Dastlabki yili oddiy yotoqxonada, bittagina yotoq, stol va rakovinasi boʼlgan kichkina xonada yashadim. Keyingi mavsumda esa, bir oila uyiga olib ketdi. Bizga oʼxshagan bolalarga yaqin atrofdagi oilalar uyidan joy berar, boqar, klub esa ularga buning uchun pul toʼlardi. Men ikki sherigim bilan bir xonadonda yashay boshladik. Hayot tarzimiz birmuncha yaxshilandi.

Аsosiy vaqtimni yakka oʼzim xonada oʼtkazar, lekin hammasi joyida edi. Maktabda yaxshi oʼqiyman, koʼchada uzoq yurmayman, janjallar, urishlar yoʼq. Muammo yoʼq. Yil tugagach esa, narsalarimni yigʼishtirib, “oilam” bilan xayrlashdim.

“Taʼtildan keyin uchrashamiz. Yaxshi dam olib kelgin”, – deb kuzatib qoʼyishdi ular.

Аmmo uyimizga qaytgach birinchi bo’lib onamning ko’z yosh to’kayotganiga ko’zim tushdi. Men kimdir vafot etibdimikin yoki qandaydir noxushlik ro’y berdimikan deb o’yladim.

“Nima boʼldi?”

Bu savolimdan keyin onamning javobi mening keyingi hayotimda juda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Onam shunday dedi: “Ular seni qaytishingni xohlashmayapti”

“Nimalar deyapsiz?”

«Sen yashagan xonadon egalari u yerga yana borishingni istashmayapti»

“Nima? Nima uchun?”

“Shunaqa boʼlganing uchun. Аytishlaricha, sen judayam sokin ekansan. Sen bilan muomala qilish qiyin ekan. Xaraktering ogʼir ekan”.

Men hayratda edim. Bu menga og’ir botdi. U oila menga umuman bu haqida ogʼiz ochmagandi, hech qanday muammo boʼlmagandi. Men oʼz xonamda yashab, hech kimni bezovta qilmagan bo’lsam. Ketayotganimda hammasi joyida edi va ular qoʼl silkib kuzatishdiku. Keyin esa, klubga borib, men ularga ortiq kerak emasligimni aytishibdi.

Bu mening klubdagi faoliyatimga ham taʼsir koʼrsatishi mumkin edi. Chunki jamoada men yulduz emasdim, bunday gaplar klubdagilarning men haqimdagi fikrini ham o’zgartirishi mumkin edi. Shu tariqa, klubdagilar oilamga boshqa xonadonda yashab turishim uchun menga boshqa pul ajratmasligini aytishdi va men yana eski yotoqxonaga qaytishga majbur boʼldim. Bu xuddiki, menga o’xshagan muammolari bor bolalar uchun moʼljallangan internatga oʼxshardi.

Davomi bor...

1-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.4K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash