Get Mystery Box with random crypto!

Meni asli kim ekanimni bilish vaqti keldi. (Kepa hikoyasi) Ba | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Meni asli kim ekanimni bilish vaqti keldi. (Kepa hikoyasi)

Ba’zida birgina suratning ichida minglab ma'no bo'ladi.

29-may, biz Chempionlar ligasi finalida “Manchester Siti”ni mag’lub etganimizdan so’ng kimdir meni suratga olibdi. Bu rasm men uchun katta ahamiyatga ega edi. Men kubokni katta quvonch bilan ko’tarib turgan edim, ortimda jamoadoshlarim g’alabni nishonlashmoqda.

Bu rasm aslida juda ko’p narsani anglatadi. Birinchi navbatda biz uchun Chempionlar ligasi qanday ahamiyatga ega ekanini. Chunki biz mavsumni omadsiz tarzda boshlagan edik, ammo uni juda yuqori nuqtada yakunlay oldik.

Ikkinchidan bu bizni qanchalik bir birimizga yaqin ekanimizni ham ko’rsatadi. Murabbiylar jamoasi bizni klub uchun har birimiz muhim ahamiyatga ega ekanimizni his etishga majburladi. Ayni shu sababli men uchun bu g’alaba katta ahamiyatga ega bo’ldi va ayni shu sabab men “Chelsi”da o’zimni uyimdagidek his eta boshladim.

Futbolda g’alabani butun jamoa bilan qo’lga kiritishdan ortiq quvonch bo’lmasa kerak.

Uchinchidan bu sovrin shaxsan men uchun ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Men uni qo’lga kiritganimda o’zimda ajoyib hislarni tuydim, buni so’zlar bilan ta’riflash qiyin. Kubokni qo’limga ko’tarayotganimda men faoliyatim davomidagi quvonchli va qayg’uli kunlarimni esga oldim.

Bu mening shaxsiy hikoyam va uni deyarli hech kimga aytmaganman. Aslida ispaniyaliklar juda kirishuvchan va xushmuomala bo’lishadi. Lekin men Ondarroadanman. Bu Ispaniyaning shimolida joylashgan baliqchilar qishlog’i va u yerning aholisiz hissiyotlari bilan o’rtoqlashaverishmaydi va unchalik ham so’zga chechan emas. Bu yaxshimi yomonmi lekin men doimo shunday bo’lganman.

Garchi shunday bo’lsada, bugun men sizga o’zim haqimda so’zlamoqchiman. Bir-birimizni yaxshiroq bilib olishimiz vaqti keldi.

Futbolchilar doimo hammaning e’tiborida. Bizni tahlil qilishadi, maqtashadi va tanqid qilishadi. Muxlislarga bizning kuchli va kuchsiz tomonlarimiz yaxshi tanish, chunki ular bizni har hafta o’yinimizni kuzatishadi. Ammo aslida biz shaxs sifatida kim ekanimizni deyarli hech kim bilmaydi.

Har qalay men shunday deb o’ylayman.

9 yoshimdan boshlab uch nafar do’stim bilan “Atletik Bilbao”da o’ynay boshladik. Biz barchamiz haftasiga uch, to’rt marta Ondarroadagi maktabga qatnar edik. Keyin esa taksi tutib 45 daqiqa davomida “Atletik”ning yoshlar akademiyasi joylayshgan Bilbaodan unchalik ham olisda bo’lmagan Lezamega yetib olardik.

Kunlardan bir kuni, taxminan 16 yoshlik paytimda birinchi jamoa darvozabonlar murabbiyi Luis Lopis menga endi asosiy jamoa bilan mashg’ulotlar o’tkazishimni aytdi.

Men juda xursand edim. Birinchi bo’lib uyga bordim va bu xushxabarni ota-onamga aytdim. Ular bundan xursand bo’lishsa kerak deb o’ylagan edim. To’g’ri ular qaysidir tomonlama xursand bo’lishdi ham ammo ularning bu xabardan so’ng menga ilk savoli shunday bo’lgandi: “Maktab nima bo’ladi ?”

Ota-onam menga ilk futbol qo’lqopini olib bergan insonlar. Esimda sport do’konidan o’tayotganimizda men ularni holi joniga qo’ymay uni sotib olgan edim. Meni deyarli tirsagimgacha keladigan bu qo’lponi almashtirib berishmoqchi bo’lishganida esa bunga oyoq tirab turib olgandim. Otam ham onam ham juda kamtar va mehnatkash insonlar. Shuning uchun ham ularning ilk savoli shunday bo’lgandi. Men esa bunga ishona olmasdim. Bu birinchi jamoa! Bunday paytda maktab haqida kim ham o’ylar edi ? Ammo ularni men endi ayrim darslarga bor olmasligim ko’proq qayg’uga solardi.

Katta jamoa bilan bir necha mashg’ulotdan so’ng ular e’tiroz bildirishni boshlashdi: “Bunday davom etishi mumkin emas. Sen 16 yoshdasan, sen hali o’qishing kerak!”

Davomi bor...

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan