Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.34K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 131

2021-12-23 19:15:38 Luish Nani hikoyasi (2-qism)

Ochlikni tushuntirib berish qiyin. Ayrim insonlar: “Afrikadagi qashshoq bolalarga qarang” - deydi. Ha siz ularni qanday och qolayotganini ko’rishingiz mumkin. Lekin ular buni o’z tanasida his qilib ko’rmagan. Og’zingiz qurib qolishi va qorningizning tinimsiz g’uldurashi va butun tanangiz bo’ylab og’riqni his qilib ko’rganmisiz ? Shunday paytlar bo’lardiki tanamning bir qismini pishirib yeb ko’rsa bo’larmikan deb o’ylab qolardim. Bunday holatlarni juda ko’p his qilganman. Bularga ko’nikish qiyin edi.

Lekin ochlikning bir yaxshi tomoni ham bor – u sizni izlanishga, yangi qarorlar qabul qilishga majburlaydi.

Kunlardan bir kuni katta akam Paulo Roberto hayoliga bir fikr kelib qoldi. O’ylashimcha 10 yoshlar atrofida edim. Akam mendan 5 yoshga katta edi va qaysidir tomonlama oilamizda otamning o’rnida edi. U meni ko’p narsalarga o’rgatgan. Akam menga shunday dedi: “Kel, Lissabonning boylar yashaydigan tumaniga borib ulardan ovqat so’raymiz”.

Menga bu fikr unchalik ham yoqmadi. Nahotki hammasi shunchalar oson bo’lsa ? Lekin Paulo ularda ortiqcha ovqat bo’lishini bilardi va u adashmagan edi. Men hayratda edim. Chunki ular bizga non, sho’rva va pechenyelar berishardi. Kimlardir bizni uyiga taklif etardi. Yana kimlardir ovqat sotib olishimiz uchun bizga pul berardi. Biz hattoki u yerda yangi do’stlar ham orttirishga ulgurdik. O’ylashimcha biz ularga yoqib qolgandik, chunki biz o’g’rilik qilmasdik. Biz iltimos qilardik. Biz rostgo’y edik.

Bir kuni Paulo bilan futbol o’ynayotganimizda bir pitsseriyaga ko’zimiz tushib qoldi. Borib ulardan biroz ovqat qoldiqlari bormi deb so’raganimzida ular bizga rad javobini berishdi. Ammo u yerdan chiqib ketayotganimizda bir ayol ortimizdan chiqib keldi. “Salom. Hoy, hoy! To’xtanglar!” Ikki daqiqadan so’ng u o’zi bilan pitssa olib keldi. Ox, do’stim, bu pitssa… u juda ham shirin edi.

Agar siz rostakam ochlikni his qilmagan bo’lsangiz, meni oshirib yuborayapti deb o’ylashingiz mumkin. Biroq men rostan aytyapman, chunki uni yana bir bor tatib ko’rish imkoniyatim bor. Keyin o’sha ayol biz bu yerda nima qilayotganimizni so’radi. Akam futbol o’ynayotganimizni aytdi. Keyin esa u bizni ertaga ham bu yerga kelish yoki kelmasligimizni so’radi. U biz futbolni qanday o’ynashimizni ko’rmoqchi edi. Biz ayol xohlaganidek qildik. U akamning o’yinini ko’rib shunday dedi: "Oxo, o’yining juda yaxshi!” Keyin esa shunday dedi: “Meni professional futbolchi do’stim bor. Balki u senga yordam bera olar”

Uning do’stini ismi Marko Aurelio edi. Biroz vaqtdan so’ng u akamni “Sporting” klubida mashg’ulot o’tkazishi borasida kelishuvga erishdi. Shu tariqa, pitssa so’ragan akam, Portugaliyaning eng yaxshi jamoalaridan birida sinovdan o’tish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yomon emas!

Bu hayotingizda uchrashi mumkin bo’lgan eng katta imkoniyat edi. Lekin akam mashg’ulotga kech qoldi… naqd bir oyga! Jiddiy aytyapman. Bir soat emas. 20 daqiqa emas. Bir oy!

Paulo mendan farq qilardi, sababi ham shunda. Shak shubhasiz, u juda yaxshi futbolchi edi, ammo uning boshi joyida emasdi. Uning yomon do’stlari ko’p edi. Shu tufayli u ham chekishni boshlab yuborgandi. U “Sporting” ko’rigiga kech qolganidan so’ng biroz vaqt o’tib Niderlandiyaga “Sparta Rotterdam” klubida mashg’ulot o’tkazishga yo’l oldi. Lekin u hech qachon professional futbolchi bo’lishni istamasdi. U “Sporting”dan taqdim etilgan bu imkoniyatni ko’kka sovurgach, tangri oilamizdan aynan meni futbolchi bo’lishim uchun yaratgan ekanini tushunib yetdim. Barcha akalarimdan ichida to’g’ri yo’lda yurish borasida muammosi bor edi. Ularga tartib, maqsad, pozitiv fikrlash yetishmasdi. Aynan mazkur sifatlar menda bor edi.

Davomi bor...

1-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
7.9K viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2021-12-23 14:08:09 Luish Nani hikoyasi...

Bu juda og’ir hikoya. Chunki u ochlikdan boshlanadi.
Yoshlik davrimdagi kunlardan birida tangri meni futbolchi bo’lishim uchun tanlaganiga amin bo’lganman. Men onam va 8 nafar aka va opalarim bilan yashar edim. Uyimiz birgina yotoqxonadan iborat va uning polini tagida kalamushlar va kalta kesaklar yashar edi.
Yeyishga hech vaqoyimiz yo’q.
Biz hayotimiz uchun kurashar edik.
Ammo kunlardan birida qornimizni to’yg’azish uchun katta akamning hayoliga bir fikr kelib qoldi.

Bu qanday fikrligini va u ish bergan bermaganini aytishimdan oldin biz qanday qilib bu holatga kelib qolganimizni tushuntirib berishim kerak. Bir necha yil oldin, 7 yoshlik paytimda biz otam qurgan uyda turar edik. U yog’ochdan yasalgan edi. Yomg’ir yog’sa biz tomni plastik bilan yopar edik. Oxir oqibat otam yetarlicha pul to’plab munosib jihozlardan uyni qaytadan qurishga kirishdi.
Lekin uyni oxirigacha qurib ulgurmasidan, u bizning asli vatanimiz Kabo-Verdega yo’l oldi. Men uni bir necha haftaga ketgan deb o’ylagan edim. Ammo oradan oylar o’ta boshladi. U qaytmadi.
Men u bilan nima sodir bo’lganini bilmasdim. Balki u yerda uning yana farzandlari bordir ? Balk ularni ko’rgani ketgandir ? Men faqat bir narsani uni yaxshi ko’rishimni bilardim. Uning ketishi hayotimizni yanada qiyinlashtirdi.
Onamga yanada qiyin bo’ldi. Uning 4 qizi va 5 o’g’li bor edi va ularga qayg’urishi kerak edi. Men esa ular orasida eng kichigi edim. Biz Lissabondan unchalik ham olisda bo’lmagan Amadora deb ataladigan sokin bir tumanda yashar edik. Bizdan 5 daqiqa yo’l uzoqligida Santa-Filomena deb ataladigan davlat tomonidan qiynalgan oilalar uchun qurilgan yotoqxonalar bor edi. U yerda yomon ishlar ko’p sodir bo’lardi. Sababi bu yerda yashovchi aholi turli millat va turli madaniyat vakillari edi. U yerda angoliyaliklar, lo’lilar va boshqa millatlar o’rtasida tez tez to’qashuvlar yuz berib turardi. Bu yerda politsiya va tez yordam mashinalarini ko’rish oddiy hol edi. Otishmalar haqida ham eshitganman. Ammo onam bular qo’rqmasdi. U bizni tovuq jo’jalarini himoya qilgandek himoya qilardi. Shu tufayli hech kim meni hafa qila olmasdi.

Onam bizning qornimizni to’yg’izish uchun qo’lidan kelgancha mehnat qilardi. U qo’shiqchi edi va restoranda kuylardi. Shu bilan birgalikda o’t o’chirish departamentida ham ishlar edi. Onamga bo’lgan bosim o’ta yuqori darajada edi. Oradan bir necha yil o’tib u o’ziga boshqa umryo’dosh topdi. Bu paytda biz hali ham otam qura boshlagan uyda yashar edilk ammo uning yangi do’sti biz bilan bu uyda yashashimizni xohlamadi. U bizni o’z uyga olib ketishni istadi. Uning uyini holati biznikidan ham yomonroq edi. Biroq biz onam bilan birga bo’lishni istadik va birga uning uyiga ko’chib o’tdik. Biz jami 10 kishi edik va bitta yotoqxonada uxlashimizga to’g’ri kelardi. Uyda bitta oshxona va bitta xojatxona bor edi xolos. Vaqt o’tgani sari kalamush va kalta kesaklar biz uchun odatiy holga aylanib qoldi. Yoshlik paytingda barchasiga tez ko’nikar ekansan. Ammo bir narsaga ko’nikib bo’lmasdi, bu - ochlik.

Davomi bor...

Kechga kanalga joylaymiz.


Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.3K viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2021-12-23 12:32:37 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Angliya liga kubogining yarim finaliga qur'a tashlandi: "Arsenal" - "Liverpul", "Chelsi" - "Tottenhem"

"Inter" ketma-ket 7 o'yinda g'alaba qozondi. To'plar nisbati 20:2. Inzagi shogirdlari birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlashdi

Argentina chempionatining eng yaxshi hujumchisiga beriladigan sovringa Serxio Aguero nomi berildi. Bu haqida Argentina futbol federatsiyasi rahbari e'lon qildi

"Man.Siti" va "Barselona" Ferran Torres transferi borasida kelishuvga erishishdi. Transfer qiymati 55 mln yevroga baholanmoqda. Futbolchi kataloniyaliklar bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo qo'yadi [Fabritsio Romano]

"Man.Siti" Torres transferidan tushgan pulni Holand transferiga sarlaydi [Goal]

Klopp Kelleher haqida: "U bizni hayotimizni saqlab qoldi"

“Real” ketma-ket 15 o‘yindan beri yutqazmayapti. So‘nggi bor madridliklar oktabr oyida mag‘lub bo‘lgandi

"Atletiko" Simeone davrida ilk bor La ligada ketma-ket 4 bahsda mag'lub bo'ldi

Qishda Vlahovich uchun "Siti", "PSJ", "Arsenal", "Yuventus", "Milan", "Borussiya", "Atletiko" va "Tottenhem" kurash olib borishi kutilmoqda [The Times]

"Yuventus" so'nggi 6 o'yinda 5 g'alaba va 1 durang qayd etdi. Turinliklar kuchli to'rtlikda 4 ochkolik farq bilan ortda qolmoqda

Sane muxlislar talqiniga ko'ra, ketma-ket 3-oyda ham "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Xavi "Sevilya" bilan o'yin haqida: "Bu odamlar ko'rishni istayotgan "Barsa" edi. Ammo biz bu bahsda yutishimiz kerak edi"

Benjamen Mendi yettinchi marta ayolga kuch ishlatishda aybdor deb topildi. Futbolchi avgust oyidan buyon hibsda saqlanmoqda [BBC]

Pochettino Ikardi haqida: "Jarima maydoni ichida u killerga aylanadi. Bunday futbolchilar har qanday jamoaga kerak"

Messi Fransiya chempionatida 11 o'yinda 6-marta darvoza ustunini nishonga oldi

Anchelotti: "Benzema ajoyib hujumchi, haqiqiy sardor, buyuk futbolchi, yaxshi inson, kuchli va kamtar yigit"

Benzema 2021-yildagi gollari sonini 47taga yetkazib oldi va bu ko'rsatkich bo'yicha Ronalduni (46) ortda qoldirmoqda

"Arsenal" qishda Obameyangni sotishga tayyor [ESPN]

Konte: "Erik Dayer dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biriga aylanishi mumkin"

"Barsa" hujumni kuchaytirish uchun qishda Destni sotishga tayyor [ESPN]

Toni Kroos 2014/15-yilgi mavsumdan hozirga qadar 77 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bu mazkur davrdagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi

Bernardeski "Yuventus" haqida: "Biz "Real" emasmiz. Katta ketmasdan kamtarlikni saqlashimiz kerak"

"Chelsi" Silva bilan shartnomani 2023-yilga qadar uzaytiradi. Ammo Ryudiger bilan kelisha olmayapti [Fabritsio Romano]

"Inter" va "Everton" Koutinyoga qiziqish bildirishmoqda [Mundo Deportivo]

Levandovski: "Ochig'ini aytsam, Messining "2020-yilgi "Oltin to'p" senga topshirilishi kerak" degan gapi menga juda ta'sir qildi. Bu mening faoliyatimdagi eng yoqimli lahzalar bo'ldi"

Koman "Bavariya"da yilida 20 mln yevro maosh olishni istamoqda. Ammo myunhenliklar 15 mln yevroda oshiq maosh berish niyatida emas [Sport Bild]

"Real" Liga 1 to'purarida Devidga qiziqish bildirmoqda. Bu tansferga Azarni ham qo'shishlari mumkin [Marca]

Tuhel Ryudiger o'rniga Kimpembeni sotib olishni istamoqda [Foot Mercato]

"Borussiya D" agarda Holand jamoadan ketsa, Aller yoki Shikni sotib olishi mumkin [BVBBuzz]

Maunt: "Bu mavsum APLda g'alaba qozonishimiz ehtimoli har qachongidan ko'ra yuqoriroq. Biz buni tushunib yetdik, chunki hozir har qachongidan kuchlimiz"

"Barselona" Destni "Ayaks"dagi Mazrauiga almashtirmoqchi [As]

Luis Suares barcha turnirlarda ketma-ket 10ta bahsdan buyon gol ura olmayapti

Afrika Millatlar ligasi kutilganidek yanvar va fevral oylarida o'tkaziladi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
12.0K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2021-12-22 22:41:55
Eldor Shomurodov "Roma"ning 2021-yildagi so'nggi goliga mualliflik qildi.

Yangi yil sovg'asi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
4.5K viewsedited  19:41
Ochish/sharhlash
2021-12-22 13:47:00 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Gvardiola: "Barsa"da yaxshi murabbiy va foyda keltirishni boshlayotgan yosh iste'dodlar bor. Yaxshi kunlar yaqinlashmoqda"

Tomas Myuller XXI asrda bir taqvim yilida eng ko'p assistni (30ta) yozdirib qo'ydi. Avvalgi rekord 2011-yilda Di Mariya (23) va 2003-yilda Anri (23) tomonidan o'rnatilgan edi

Neymar 4-5 hafta ichida jarohatidan forig' bo'lishi kutilmoqda. U "Real"ga qarshi bahsga qadar safga qaytishi mumkin

"Yuventus" Ronalduning Turindagi 3 mavsumi uchun umumiy hisobda 277 mln yevro sarflagan [La Gazzetta dello Sport]

"Milan" va "Inter" yangi stadion qurishga qaror qilishdi. Stadionning loyihasini Londonning EMEA kompaniyasi 2022-yilda taqdim etadi

Xavi: "Gavi bilan shartnomani hoziroq uzaytirishimiz kerak. Agar kerak bo'lsa pul yig'ishga ham tayyormiz"

Roten Mbappe bilan shartnoma haqida: "Leonardo bizni ahmoq deb o'ylamoqda. U Kilian haqida gapira oladigan holatda emas"

Simeone Suares haqida: "To'pni Suares yirtqichdek foydalana olish mumkin nuqtaga yetkazib berishimiz kerak. Shunda u avvalgi mavsumdek natija qayd eta oladi"

Gvardiola Grilish va Foden haqida: "Agar futbolchilar maydon tashqarisida yetarlicha mehnat qilishmasa ularga maydonda ham joy yo'q"

Villian "Arsenal" haqida: "Dastlabki 3 oydan so'ng men agentimga ketmoqchi ekanimni aytgan edim. Bu faoliyatimdagi eng og'ir vaqtlar edi"

Messi "PSJ"ga o'tganidan so'ng Mbappe va Neymarning munosabati o'zgargan. Braziliyalik ko'proq Leo bilan suhbatlashishni ma'qul ko'rmoqda [Get French Football News]

Onana "Inter" bilan yanvar oyida shartnoma imzolaydi. "Barselona" varianti ham ko'rib chiqilmoqda [Fabritsio Romano]

Azar qishda "Real"ni tark etmoqchi emas. Madrid klubi yozda belgiyalikni bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor [El Partidazo de COPE]

"Borussiya" Holandni 2023-yil yozigacha jamoada olib qolmoqchi. "Real"ga ham bu variant ma'qul kelmoqda [As]

Marsial "Sevilya"ga o'tmoqchi. Futbolchiga "Barselona" va "Yuventus"dan ham qiziqish bo'lgan [Sky Sports]

Alaba va Iskoda koronavirus aniqlandi. "Real" kovid qayd etilgan futbolchilar soni 6taga yetdi

28-dekabrdan boshlab Bundesliga o'yinlari muxlislarsiz o'tkaziladi

Afrika Millatlar ligasi o'z vaqtida o'tkaziladi

"Arsenal" Angliya liga kubogi chorak finalida "Sanderlend"ni 5:1 hisobida taslim etib yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi

"Barselona" "Sevilya"ga qarshi bahsning birinchi bo'limida raqib darvozasiga 15ta zarba berdi. Bu klubning joriy mavsumdagi eng yaxshi statisikasi hisoblanadi

"Yuventus" bosh direktori Dibala va De Ligt haqida: "Hozirgi kunda ko'plab futbolchilar klubdan ko'ra, o'z agentlariga sodiqlar"

Xavi "Sevilya" bilan bahs haqida: "Barsa" 2 ochko yo'qotdi. Biz g'alabaga loyiq edik va yaxshi o'yin ko'rsatgan edik"

Ter Shtegen "Barselona" safida 300-o'yinini o'tkazdi

"Arsenal" so'nggi 4 o'yinda raqiblari davozasiga 14ta gol urdi

Nketia Angliya liga kubogida 9 o'yinda 10ta gol urdi

"Real" "Liverpul" himoyachisi Gomesga qiziqish bildirmoqda [Daily Mail]

Aspilikueta "Barselona" qiziqayotgan bo'lsada, "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirmoqchi [Daily Mail]

"Chelsi" Markinyos uchun 85 mln yevro taklif etgan. Ammo Parij klubi futbolchisi sotilmasligini aytgan [The Telegraph]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
15.3K views10:47
Ochish/sharhlash
2021-12-21 22:39:15
Bu safar "Tottenhem" jamoasining "Vulverhempton" bilan bahsdan keyingi kiyim almashtirishxonasidagi epizod tarjimasi

O'zbek tilida

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
16.8K viewsedited  19:39
Ochish/sharhlash
2021-12-21 22:26:39
#ҳайрия
Андижон вилояти Ху́жабот шахри Тожибойев Хусниддин болаликдан 1-гуруҳ ногирони. онасини карамогида Моддий таъминоти фақат пенсия орқали. У ўзи мустақил равишда ҳаракатлана олмайди. Шу сабаб Хусниддинга аёкка туриб кетиши учун сахий инсонлар ёрдами зарур!
Шу боис, имкони борлар қўлдан келганича, эхсон қимоқчи бўлишса, қуйида унинг контактлари ва суратда тастикланган барча хужжатлари!

Телефон: +998 90 547-30-88

Пластик карта: уз карт

8600330453348128

Пластик карта: хумо

9860030171086496
15.8K views19:26
Ochish/sharhlash
2021-12-21 10:23:35 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

APL klublari o'rtasida bo'lib o'tgan yig'ilishga ko'ra jamoalar mavsumni to'xtatmaslikka qaror qabul qilishdi [BBC]

Muhammad Salah muxlislar talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kuchli uchlikdan Rays va Fernandesh joy oldi

"Tottenhem" "Barselona"dan Langleni sotib olishga urinib ko'radi [Jerar Romero]

"Man.Yunayted" "River Pleyt" futbolchisi Alvares transferi bo'yicha ish boshladi [Ole]

Simeone Trippyerni "Nyukasl"ga o'tishiga rozilik bildirdi [todofichajes]

"Valensiya" Iskoni sotib olishga urinib ko'radi [todofichajes]

Xavi: "Sevilya" ayni paytda "Barsa"ga o'rnak bo'lishi kerak. Ular bu mavsum La ligani yutish uchun nomzod"

Tolissoning oila a'zolari uni "Real"ga yoki birorta APL jamoasiga o'tadi deb hisoblashmoqda [As]

"Barsa" Torres uchun "Man.Siti"ga 50 mln yevro taklif bilan chiqdi, "Siti" 60 mln yevro xohlamoqda. Kataloniyatliklarda Torres o'rniga Ziyesh varianti ham mavjud [Fabritsio Romano]

"PSJ" Ikardini "Yuventus"dan Arturga almashtirishi mumkin [La Gazzetta dello Sport]

"Barsa" va Kavani 1,5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olishdi. Transfer uchun "Man.Yunayted" futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi kerak [Diario Sport]

Cherchesov "Ferensvarosh" jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

Sautgeyt barchani vaksina olishga chaqirdi: "Biz o'zimiz va boshqalar haqida qayg'urishimiz kerak"

Leonardo Ramos jarohati haqida: "PSJ" Ramossiz 4-5 oy muddatga qolib ketadi deb o'ylamagan edik. Buni deb biroz asabiylik kuzatildi"

Messi 2021-yilda "Barselona"ning, Ronaldu esa "Yuventus"ning eng yaxshi to'purari bo'lib qolmoqda

Infantino: "Har 2 yilda mundial o'tkazilishi 4 yil ichida bizga 4,4 mlrd dollar qo'shimcha daromad olib keladi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
15.5K views07:23
Ochish/sharhlash
2021-12-20 14:44:28 Youtubeda ko'rishni istaganlar uchun





Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.3K views11:44
Ochish/sharhlash
2021-12-20 13:07:05
Siz kutgan video

Ustoz shogird suhbati

O'zbek tilida

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
33.9K viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash