Get Mystery Box with random crypto!

Kepa hikoyasi (3-qism) Buning barchasi katta tushunmovchilik. | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Kepa hikoyasi (3-qism)

Buning barchasi katta tushunmovchilik.

Qo’shimcha daqiqalarda “Man.Siti” ustunlik qilayotgan edi. Penaltilar seriyasigacha kam vaqt qolgandi. Seyv amalga oshirganimdan so’ng, oyog’imda biroz og’riq sezdim va fizioterapevtni chaqirdim. Ammo u hammasi joyida ekanini aytdi. Bu orqali men jamoa biroz nafas rostlab olishini ham istagan edim. Kutilmaganda murabbiy Mauritssio Sarri Villi Kabalyeroni maydonga tushurmoqchi ekanini ko’rdim. U meni o’yinni davom ettira olmaydi deb o’yladi. Mening maqsadim esa boshqa narsa edi. Buni jamoa uchun qilayotgan edim. O’yinni davom ettira olmasligim uchun menda jiddiy muammo yo’q edi.
Biroq klub tashqarisida vaziyat izidan chiqdi.

Liga kubogi finalidan so’ng telefonga qaraganimda butun dunyo uchun mashhur bo’lib ketganimni ko’rdim. Bu mash-masha yana uch-to’rt kun davom etdi. Bu huddi tugamaydigandek tuyulardi.

Albatta suratlarda men huddi Mauritssioni hurmat qilmaydigandek talqin qilingandi. Meni noto’g’ri tushunishdi. Men murabbiyni asabiylashtirmoqchi emasdim. Men bu haqida matbuotga ham aytmoqchi edim, ammo buni imkoni bo’lmadi.

Yaxshiyamki, bu latifa o’z yakuniga yetdi. Hozir ham Mauritssio bilan munosabatim yaxshi. Keyingi safar bunday vaziyat yuzaga kelsa, nima qilishni bilaman. Biroq insonlar ham tushunishi kerak. Chunki vaziyat asli ko’ringaningizdan boshqacharoq bo’lishi mumkin.

Keyingi mavsum jamoa uchun og’ir o’tdi. Shu jumladan men uchun ham.

Mening o’zimga bo’lgan ishonchim yo’qoldi. Buni oqibatida ko’p xatoga yo’l qo’ya boshladim. Albatta bu tanqidlarni men to’g’ri qabul qildim. Biz doimo bosim ostidamiz va shunday holda negativ fikrlar bilan kurashish ham kasbimizning bir qismi. Biroq ba’zida odamlar chegaradan chiqa boshlashadi. Deylik, futbolchi xatoga yo’l qo’ydi, ammo bunday paytda futbolni tushunmaydigan va kimdandir alamini olmoqchi bo’lgan insongina chegaradan chiqadi.

Chegara bo’lishi kerak, shundaymasmi ?

Sizning oilangiz va do’stlaringiz siz haqingizdagi bu qo’rqinchli haqoratlarni ko’rishgach bu ularga, ular orqali bizga ham ta’sir o’tkazadi. Oxir oqibat biz ham o’z ishimizni yanada yaxshiroq qilishga intilayotgan insonmiz.

Irqchilik, oila a’zolaringizga tahdidlar, gomofobiya… bular endi ortiqcha. Qachondir biz buni chegarasini bilishimiz, bunga chora ko’rishimiz kerak va ijtimoiy tarmoqlarni suiste’mol qilishga chek qo’yishimiz zarur.

Men hozir “Chelsi”da o’zimni jismonan va ruhan yaxshi his etmoqdaman. Baxtliman va ikki yil avvalgiga qaraganda yaxshiroq darvozabonga aylandim deb o’ylayman. Albatta ko’proq o’ynashni xohlar edim. Agar hozirgi vaziyatimdan roziman desam aldagan bo’lardim. Ammo men murabbiy qarorini hurmat qilaman. Jamoada boshqa yaxshi futbolchilar ham borligini bilaman. Jamoa bilan ham hammasi joyida. Oxir oqibat bu eng muhimi. Agar biz jamoani birinchi o’ringa qo’ymaganimzda “Siti”ga qarshi bu finalni yuta olmagan bo’lar edik.

Qaysi rolda bo’lsa ham men jamoaga yordam berishga tayyorman. Otam yoshligimdan menga bir narsani uqtirar edi: “Agarda senga qilayotgan ishing yoqsa, unda bu kasbdagi og’ir mehnat senga faqat rohat baxshlaydi”. Oxirgi bir necha haftada qiyin vaziyatga tushib qolganimda bu haqida ko’p o’yladim. E’tiborimni faqat o’z kasbimga qaratdim. Menhatni yoqtirmaydigan futbolchilar ham bor. Ammo menga bu yoqadi. Aynan shuni murabbiylar ham hurmat qilishadi. Maydonda bir daqiqa o’ynamasam ham men mashg’ulotda borimni beraman va shundan so’ng o’zimni yaxshi his etaman. Bu menga xotirjamlik beradi.

Mavsumni yuqori ishtiyoq bilan boshlamoqdaman va o’zim yoqtirgan ish bilan shug’ullanishga tayyorman. Bilaman, agarda menhat qilishdan to’xtamasam va jamoani har qanday yo’l bilan qo’llab-quvvatlashda davom etsam, natijalar albatta keladi.

Kelajakda hech kim nima bo’lishini bilmaydi. Ammo bugun men Londonda baxtiyorman va umid qilamanki yaqin yillarda “Chelsi” bilan yana ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritamiz.

Birinchi navbatda odamlar bilishi kerakki, men jamoamga yordam berish uchun barchasiga tayyorman. Ayni shuning uchun men shu yerdaman.

1-qism
2-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan