Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @talimuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 219.58K
Kanalning ta’rifi

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-10 12:32:02
Grantga aza, kontraktga mazzami?

Kontraktda oʻqiyotgan talaba keyingi yil grantda oʻqishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, endilikda davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Yaʼni grantga kirgan talaba yaxshi oʻzlashtira olmasa, keyingi yil kontraktga tushishi yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi oʻqisa, keyingi yili grantga oʻtishi mumkin.

@talimuz
21.1K views09:32
Ochish/sharhlash
2024-05-10 12:02:56
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 2024-2025-oʻquv yilgi qabul uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

AIFU
Sizga 100% lik ilmiy darajaga ega professorlar-oʻqituvchilar jamoasidan qulay shart-sharoitlarda zamonaviy sifatli taʼlim olish imkoniyatini taqdim etadi!

Eng asosiysi, Biz bilan ham diplom, ham zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni BEPUL o‘rganish imkoniga ega bo‘ling!

Taʼlim tili: oʻzbek, rus va ingliz
Taʼlim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi
Qabul imtihoni shakli: onlayn, oflayn

Shuningdek, Sizda universitetimizga o‘qishni ko‘chirish va 2-mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida tahsil olish imkoniyati ham mavjud!

Professor-o‘qituvchilarimiz tarkibi bilan tanishing

Kontrakt narxlari bilan tanishing

Bundan tashqari, shartnoma toʻlovini ga boʻlib toʻlash imkoniyatiga egasiz!

AIFU - kelajagingizni Biz bilan quring!

Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission

Call markaz: +998951502222, +998785552121

Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram | Sayt |  Instagram | Youtube  | Facebook
18.9K views09:02
Ochish/sharhlash
2024-05-09 18:57:56
Testdan so‘ng abituriyentga yo‘nalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi

Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi. Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi.

Yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

@talimuz
31.7K views15:57
Ochish/sharhlash
2024-05-08 13:31:42
Rasman: Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi

Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

@talimuz
23.6K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2024-05-06 16:44:03
Ayrim tibbiyot yo‘nalishlarida faqat grantga qabul bo‘ladi

2023-yilgi qabuldan “Psixiatriya”,
“Tibbiy psixologiya”
va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida bo‘lmoqda.

Ya’ni bu yo‘nalishlarga kiradigan magistratura va ordinatura talabalari kontrakt asosida emas, faqat grant asosida o‘qiydi.

Xabarni tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan yoki shu yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan tanishlarimizga yuborib qo‘yamiz.

@talimuz
20.4K viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash
2024-05-06 16:00:02
Bitiruvchi o'quvchilarga zo'r imkoniyat!

Oliygoh talabasi bo'lish baxtiga muddatidan avval erishishni istaysizmi?

Agarda bu imkoniyat 4 yillik 100% grant asosida bo'lsa-chi?

Unda bu siz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy 2024-yilning 11-12-may sanasida Turan International University tomonidan tashkil qilinadigan "TIU Fan olimpiadasi" sizlarga 4 yilga 100% grant asosida Xalqaro universitetda o'qish imkoniyatini taqdim etmoqda! Bundan tashqari, chegirmalar asosida 1 yildan 4 yilgacha, 25%dan 100%gacha qo'shimcha grantlar, noutbuk (kompyuter), planshet, telefon hamda boshqa qimmatbaho sovg'alar ham sizniki bo'lishi mumkin. Buning uchun sizlardan faqatgina o'z bilim va ko'nikmalaringizni amalda namoyon qilish talab etiladi.

Olimpiada oʻtkaziladigan fanlar:
. Matematika
. Informatika
. Fizika
. Ingliz tili
. Rus tili
. Ona tili
. Tarix
. Biologiya

Olimpiadaga onlayn ariza topshirish!

Arzia berishning so'nggi kuni: 9-may
Olimpiada bo'ladigan kun: 11-12-may
Manzil: Turan International University

Bilimga chanqoq tanishlaringizga bu xushxabarni darrov yetkazing!

Telegram | Instagram
20.9K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash
2024-05-05 08:31:01
5 yil mehnat staji bor o'rta maxsus darajadagi ayol-qizlarimiz diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.

Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.

Batafsil: https://telegra.ph/Hotin-qizlar-uchun-yana-bir-imtiyoz-05-15

@talimuz
42.0K viewsedited  05:31
Ochish/sharhlash
2024-05-05 08:02:12
Qo‘qon universitetida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun 2024/2025 o‘quv yiliga qabul boshlandi!
 
Kimlar hujjat topshira oladi?

O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3 yil va undan ortiq (pedagogik) ish stajiga ega;
Maktabgacha ta'lim tashkiloti va Maktabgacha ta'lim bo‘limidan tavsiyanoma olgan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.

Imtihon shakli - test.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli hujjatlar.
 

Hujjatlar onlayn tarzda http://msqabul.kokanduni.uz platformasi orqali va Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi binosida offlayn tarzda qabul qilinadi.
 
Axborot maslahat markazi
      +998 73 545-55-55;
      +998 73 545-44-44.
     
Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi.

Web-site | Telegram| Facebook| Instagram| YouTube
27.6K views05:02
Ochish/sharhlash
2024-05-04 18:05:32
Qabul boshlanishiga 1.5 oy qoldi!

Amaldagi tartiblarga ko'ra, 20-iyundan 20-iyulgacha davlat oliygohlariga hujjat topshirish jarayoni bo'lib o'tadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishadi. Bundan tashqari my.gov.uz portali orqali ham hujjat topshirish mumkin.

Rejalashtirilgan ishlarga ko'ra, joriy yilgi qabuldan hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo'ladi.

@talimuz
13.9K viewsedited  15:05
Ochish/sharhlash
2024-05-02 13:21:39Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab maktablarda dars berishlari mumkin edi.

@talimuz
16.6K viewsedited  10:21
Ochish/sharhlash