Get Mystery Box with random crypto!

Bu yil ham maksimal ball 189 bo'ladi! Oliy ta’lim, fan va i | Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Bu yil ham maksimal ball 189 bo'ladi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, majburiy fanlarga mos 3 fan:

Ona tili x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat yo‘nalishiga mos 2 fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

@talimuz