Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @talimuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 248.88K
Kanalning ta’rifi

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-03-14 09:01:55
Toshkent amaliy fanlar universiteti — ta’lim va tajriba uyg‘unlashgan makon

Universitetda darslar zamonaviy o‘qitish usullari va xorij tajribasi asosida malakali mutaxassislar tomonidan o‘tiladi. Har bir yo‘nalish uchun alohida binolarda tahsil olish mumkin. Bu binolar aynan o‘sha yo‘nalishga mo‘ljallab jihozlangan va jahon standartlari talablari asosida beriladigan ta’limning zamonaviy ko‘rinishi yaratilgan.

Universitet haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling:

Telegram | Instagram | Veb-sayt
21.6K views06:01
Ochish/sharhlash
2024-03-13 15:30:07
Rasman: Bojxona institutiga qabul boshlandi!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 2024-2025 o‘quv yili uchun bojxona ishi va yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul e’lon qilindi.

Test topshiriladigan fanlar:

Bojxona ishi:
Matematika, chet tili, majburiy fanlar;
Yurisprudensiya:
Huquq, chet tili, majburiy fanlar

Bojxona institutiga hujjatlarni topshirish uchun hududiy bojxona boshqamalariga murojaat qilishingiz mumkin.

@talimuz
37.7K viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2024-03-13 12:13:56Navro'zda talabalar 4 kun dam oladi

21-mart Navro'z bayrami munosabati bilan dam olish kuni, 22-23-mart kunlari Prezident farmoni bilan qo'shimcha dam olish kunlari hisoblanadi. 24-mart yakshanba odatdagidek dam olish kuni.

Bundan ko'rinib turibdiki O'zbekistonliklar 21-22-23-24-mart kunlari dam oladi. O'z-o'zidan ma'lumki, bu tartib talabalarga ham taalluqli.

@talimuz
41.1K viewsedited  09:13
Ochish/sharhlash
2024-03-12 16:03:37
Toʻlov-kontraktni toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@talimuz
38.1K views13:03
Ochish/sharhlash
2024-03-09 18:36:36 ​​UXLAMA, ​​ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

Abituriyentlarga ulashib qo'ying!

@talimuz
57.8K views15:36
Ochish/sharhlash
2024-03-09 17:01:54
ERTAGA 1-BOSQICH BO'LIB O'TADI

Ertaga Respublika miqyosida tashkil etilgan “Registon IELTS Granti" tanlovining 1-bosqichi bo'lib o'tadi.

Tanlovning 1-bosqichi Imtihonlar.uz platformasida onlayn tashkil etiladi.

Ro'yxatdan o'tish

Respublika miqyosida 30 ta filialga ega Eng yirik markazlardan biri bo'lgan Registon o'quv markazi va Xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan "IELTS Granti" tanlovida siz ham ishtirok eting!

Ishtirok etish

Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

Batafsil ma'lumot

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Ro'yxatdan o'tish:
@IELTS_Registan_bot
@IELTS_Registan_bot
41.6K views14:01
Ochish/sharhlash
2024-03-08 11:15:22
Aziz opa-singillar, ustoz va talaba qizlar!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi barchangizni 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Yuzingizdan tabassum, labingizdan kulgu, qalbingizdan ezgulik, xonadoningizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin.

Umringiz uzoq, istiqbolingiz ziyoda bo‘lsin!

@talimuz
50.7K viewsedited  08:15
Ochish/sharhlash
2024-03-04 17:59:17 #Bilasizmi

Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor

Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.

Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

@talimuz
22.7K viewsedited  14:59
Ochish/sharhlash
2024-03-04 17:02:47
Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.4 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

Kvota miqdori: 1200 ta

Respublika miqyosida Registon taʼlim loyihasi hamda Xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovining III mavsumini start berildi.

Ushbu Grant orqali 1200 nafar yoshlarni mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot

Manba

Ro'yxatdan o'tish:
@IELTS_Registan_bot

@talimuz
24.3K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-03-04 10:35:10 O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@talimuz
28.2K views07:35
Ochish/sharhlash