Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili ser | Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Rasman: Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi

Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

@talimuz