Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @talimuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 248.88K
Kanalning ta’rifi

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-05-21 16:02:52
Hamshira kelin - yaxshi!
U Ilm-u Ziyo'da o'qigan bo'lsa - undanda yaxshi!


Ilm-u Ziyo tibbiyot kollejida siz:

Respublika bo'ylab joylashgan filiallarimizda malakali ustozlardan ta'lim olasiz;
Amaliyot davomida bilimingizni real shifoxonalarda sinovdan o'tkazasiz;
Tibbiyotda talab eng yuqori bo'lgan kasb egasiga aylanasiz;

Litsenziya ( № 026116 23.04.22 )

Ro'yxatdan o'tish: Bu yerga bosing!
Murojaat uchun: +998(78)113-93-93

Instagram
| YouTube | Telegram
44.7K views13:02
Ochish/sharhlash
2024-05-17 17:30:04
Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
kamida 50% 1-yanvargacha;
75% 1-aprelgacha;
100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

@talimuz
25.5K views14:30
Ochish/sharhlash
2024-05-14 07:30:40
Joriy yilda Respublikamizdagi akademik litseylarga kirish imtihonlari qanday bo'ladi?

2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlangan. Joriy yilda ham katta ehtimol bilan shu tartib o'zgarishsiz qoldiriladi.

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

Maksimal ball — 146:

IQ — 1.1*20 =22;
1-fan — 3.1*20=62;
2-fan — 3.1*20=62.

@talimuz
41.0K views04:30
Ochish/sharhlash
2024-05-14 07:02:08
Rasman: Chexiya Davlat Universitetlarida GRANT!

1 yil til kursi + GRANT shaklida

Yo’nalishlar:
• Tibbiyot
• Uchuvchilik
• Iqtisodiyot
• IT
• Xalqaro Munosabat
• Huquqshunoslik

Qulayliklar:
• Mutloq BEPUL o’qish
• Schengen Viza
Viza olish darajasi 99%
• O’qishdan tashqari ishlash

TOSHKENT:
+998940031001 | 334961001
NAMANGAN:
+998999861001 | 999841001

Onlayn Murojaat

Telegram | Instagram | Telegram
31.5K views04:02
Ochish/sharhlash
2024-05-13 21:59:23Rasman: Bitiruv oqshomi ta'qiqlanadi!

2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

Bitiruvchilarga yuborib qo'ying!

@talimuz
54.1K viewsedited  18:59
Ochish/sharhlash
2024-05-10 12:32:02
Grantga aza, kontraktga mazzami?

Kontraktda oʻqiyotgan talaba keyingi yil grantda oʻqishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, endilikda davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Yaʼni grantga kirgan talaba yaxshi oʻzlashtira olmasa, keyingi yil kontraktga tushishi yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi oʻqisa, keyingi yili grantga oʻtishi mumkin.

@talimuz
21.1K views09:32
Ochish/sharhlash
2024-05-10 12:02:56
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 2024-2025-oʻquv yilgi qabul uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

AIFU
Sizga 100% lik ilmiy darajaga ega professorlar-oʻqituvchilar jamoasidan qulay shart-sharoitlarda zamonaviy sifatli taʼlim olish imkoniyatini taqdim etadi!

Eng asosiysi, Biz bilan ham diplom, ham zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni BEPUL o‘rganish imkoniga ega bo‘ling!

Taʼlim tili: oʻzbek, rus va ingliz
Taʼlim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi
Qabul imtihoni shakli: onlayn, oflayn

Shuningdek, Sizda universitetimizga o‘qishni ko‘chirish va 2-mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida tahsil olish imkoniyati ham mavjud!

Professor-o‘qituvchilarimiz tarkibi bilan tanishing

Kontrakt narxlari bilan tanishing

Bundan tashqari, shartnoma toʻlovini ga boʻlib toʻlash imkoniyatiga egasiz!

AIFU - kelajagingizni Biz bilan quring!

Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission

Call markaz: +998951502222, +998785552121

Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram | Sayt |  Instagram | Youtube  | Facebook
18.9K views09:02
Ochish/sharhlash
2024-05-09 18:57:56
Testdan so‘ng abituriyentga yo‘nalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi

Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi. Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi.

Yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

@talimuz
31.7K views15:57
Ochish/sharhlash
2024-05-08 13:31:42
Rasman: Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi

Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

@talimuz
23.6K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2024-05-06 16:44:03
Ayrim tibbiyot yo‘nalishlarida faqat grantga qabul bo‘ladi

2023-yilgi qabuldan “Psixiatriya”,
“Tibbiy psixologiya”
va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida bo‘lmoqda.

Ya’ni bu yo‘nalishlarga kiradigan magistratura va ordinatura talabalari kontrakt asosida emas, faqat grant asosida o‘qiydi.

Xabarni tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan yoki shu yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan tanishlarimizga yuborib qo‘yamiz.

@talimuz
20.4K viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash