Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @talimuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 248.88K
Kanalning ta’rifi

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-03-28 21:04:36
Endi Toshkent davlat texnika universitetining diplomi butun dunyoda tan olinadi

2023-yilning 2-6 oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetida ta’lim sifatining jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi Germaniyaning ASIIN tashkiloti tomonidan baholangan edi.

Baholash natijasiga ko‘ra, universitetning
- Elektr energetikasi (elektr ta’minoti)
- Metallurgiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari,
- Elektr ta’minoti (sanoat korxonalari va shaharlar)
- Metallurgiya (metall turlari bo’yicha) magistratura mutaxassisliklari 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dasturlar bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi.


@talimuz
23.6K views18:04
Ochish/sharhlash
2024-03-27 09:58:0130-MART KUNI ONLAYN TEST BO'LADI!

Shanba, 30-mart kuni @imtihonmarkazi tomonidan onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

Test vaqti: 30-mart (kun davomida)
Test formati: Onlayn
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo‘nalish tanlash

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
26.5K views06:58
Ochish/sharhlash
2024-03-26 09:49:00
KUN RASMI

Qanday izohlagan bo'lardingiz?

@talimuz
20.0K views06:49
Ochish/sharhlash
2024-03-25 15:26:07O‘quvchilarni davomat qilish tartibi o‘zgardi

Endi maktab o‘quvchilarini davomat qilishda Milliy gvardiya ham qatnashadi. Bunga oid qo‘shma qaror imzolandi.

Unga ko‘ra:

har kuni sinf rahbar davomat qilib uni e-Maktab platformasiga kiritadi;
ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiyaga beradi;
maktab, inspektor-psixolog va Milliy gvardiya xodimi davomatni yuritib boradi.
Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi;
zarurat bo‘lsa, farzandi ta’limiga qarshilik ko‘rsatgan ota-onaga ma'muriy chora ko‘riladi.

@talimuz
35.2K views12:26
Ochish/sharhlash
2024-03-25 14:54:17
Endi o'zingiz va yaqinlaringiz uchun qahramonga aylaning

1 kunda hayotingizni o'zgartiring. Kanalimizdagi eng yaxshi iqtiboslardan ilhom oling va bu dunyoni zabt etish uchun energiya oling

https://t.me/+2G1xLDHqPhAwYTcy
23.6K views11:54
Ochish/sharhlash
2024-03-19 11:45:27 Qaysi banklar ta'lim krediti beryapti?

Hozirgi vaqtda 5 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda (ro'yxat banklarning Bosh ofis masʼul xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida tayyorlandi).

HAMKORBANK – 1256
IPAK YOʻLI BANKI – 1296
BRB –1254
MKBANK – 1285
TURONBANK – 1220

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi.

@talimuz
43.5K views08:45
Ochish/sharhlash
2024-03-18 12:57:59
Ro‘zadorlar uchun Telegramda ajoyib bot ishga tushdi!

@Ramazonchabot – Muqaddas Ramazon oyida barcha musulmonlarga manfaatli bo‘lgan telegram bot hisoblanadi. Unda:

Ramazon taqvimi (viloyatlar kesimi)
Saharlik va iftorlik duolari
To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari
Qur’oni Karimdan suralar
Shayximiz ma’ruzalari
Ro‘za oyidagi makruh amallar
Va boshqa ma’lumotlar
mavjud.

Ro‘zador yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!

@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
61.2K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2024-03-18 10:02:16
To'langan kontrakt pulidan 12 foizni qaytarib olish videoqo'llanmasi

Davlat hamda nodavlat ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12 foizni miqdorida daromad soligʻini, soliq organlariga bormasdan, masofadan qaytarib olishi mumkin.

Ko'chama-ko'cha ovora bo'lish shartmas!

@talimuz
41.0K views07:02
Ochish/sharhlash
2024-03-14 14:28:51 Maktabda oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?

Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal uchun esa yillik baholar a’lo bo‘lishi yetarli.

Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.

@talimuz
20.4K views11:28
Ochish/sharhlash
2024-03-14 09:30:40 #foydali

Samarali ilm olish sirlari

. Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi.

. Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang.

. Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.

. O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori.

Yaqinlaringizga yuboring!

@talimuz
24.8K views06:30
Ochish/sharhlash