Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonlik alpinist Everest cho‘qqisiga chiqqishga qancha | Soni Qancha?

O‘zbekistonlik alpinist Everest cho‘qqisiga chiqqishga qancha sarfladi?

O‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 16:45da dunyodagi eng baland tog‘ – Everestning 8848 metrli Jomolungma cho‘qqisiga ko‘tarildi.

Sergey Denisenko – «Uzbek Tourist» sayohatchilar jamoasining a’zosi hisoblanadi. Ammo u Himolay tog‘lariga ukrainalik jamoa birga chiqqan.

Noqulay kob-havo tufayli cho‘qqiga chiqish 59 kunga cho‘zilgan. Cho‘qqidan piyoda tushish uchun esa 2 kun kifoya qilgan.

Sergey Denisenko dunyodagi eng baland cho‘qqining zabt etilishini O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga sovg‘a ekanini aytgan.

Bu muvaffaqiyat Sergey uchun taxminan $25 mingga tushgan. Bu – Nepalga borish, tog‘ga chiqish uchun ruxsatnoma olish, maxsus kiyim-bosh, kislorod balonlari va oziq-ovqat sotib olish kabi xarajatlar demakdir.

@SoniQancha